Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish toʻgʻrisida" 2017 yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qarori[1]ga asosan Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi boʻyicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʻat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali tashkil etildi[2][3][4][5].
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali | |
Xalqaro nomi |
Fergana regional branch of state institute of arts and culture of Uzbekistan |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2017 |
Rektori | Ximmatov Davlat Axatqulovich |
Veb-sayti | www.dsmi-qf.uz |
Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti kafedrasi
tahrirKafedra oliy oʻquv yurti tuzilishidagi bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida maʼnaviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib boruchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlovchi hamda ularning malakasini oshuruvchi tarmoq hisoblanadi. Kafedrada filial nizomiga koʻra bakalavr yoʻnalishi "Aktyorlik sanʼati (musiqali drama teatr aktyori)" mutaxasisligi boʻyicha talabalar qabul qilish bilan oʻz ish faoliyatini boshlagan.
Hozirgi kunga kelib bakalavr yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:
- "Teatr sanʼati (musiqali teatr aktyorligi)";
- "Musiqali teatr rejissyorligi";
- "Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya";
- "Ashula va raqs";
- "Kutubxona va axborotlashtirish".
Hozirgi kunga kelib filial boʻlimlari kengayganligi uchun kafedra nomini ilmiy kengashda koʻrilib chiqilib Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti kafedrasiga oʻzgartirildi.
Markaz va boʻlimlar
tahrirAxborot texnologiyalari markazi
tahrirMarkaz Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, vazirliklar va yuqori tashkilotlarning meyoriy hujjatlariga, mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yongʻin xafsizligi qoidalari va meyorlariga, filial nizomiga, markaz toʻgʻrisidagi qoidalar, filial direktorining buyruq va koʻrsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Axborot resurs markazi
tahrirAxborot resurs markazi oʻz ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy taʼlim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrugʻiga asosan yuritadi. 2011-yil 23-fevral "2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 1487-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-aprel "Axborot kutubxona faoliyati toʻgʻrisida"gi PQ-280-sonli qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar kuni "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida"gi farmoyishi asosida ishlar olib borilmoqda.
Ichki nazorat va monitoring boʻlimi
tahrirIchki nazorat va monitoring boʻlimi filialda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlar, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlari, vazirlikning qarori, buyruq, yoʻriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filialning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi. Kafedra va boshqa tarkibiy boʻlinmalarning oʻquv, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlash, ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va filial boʻyicha chiqarilgan buyruqlarning va taʼlim sohasidagi meʼyoriy hujjatlarning monitoringini tashkil qiladi.
Taʻlim sifatini nazorat qilish bo'limi
tahrirFilialining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 515-son qarori[6]ning 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, bevosita OTM lari tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filial taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi 2018 yil fevralidan oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, boʻlimning asosiy vazifasi taʼlim jarayonini doimiy nazorat qilib borish, pedagog-xodimlarning meʼyoriy hujjatlarining yuritilish holatini, tajribali mutahassislarni jalb etgan holda filialdagi kafedra va tegishli boʻlimlarning ish rejasini tahliliy oʻrganish va ularning mazmunidan kelib chiqqan holda takliflar berishdan iborat.
Filialning professor-oʻqituvchilari
tahrir- Karim Yoʻldoshev - Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san'at arbobi, filialning fahriy professori;
- Yorqinoy Xatamova - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq artisti va Qirgʻiziston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, filialning fahriy professori;
- Joʻraxon Poʻlatov - Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, filialning fahriy professori;
- Shafoatxon Rahmatullayeva - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq artisti, filialning fahriy professiri;
- Rafiqjon Ahmedov - Oʻzbekiston Respublikasining "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni[7] va "Shuhrat" medali[8] sohibi, Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi, filialning fahriy professori;
- Xursanoy Umarova - Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, filialning fahriy professori.
Izohlar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror
- ↑ OʻzDSMI FMF tashkil etilganligi toʻgʻrsida kun.uz
- ↑ OʻzDSMI FMF tashkil etilishi toʻgʻrisida norma.uz
- ↑ OʻzDSMI FMF tashkil etilganligi toʻgʻrisia fergana.uz
- ↑ OʻzDSMI FMF tashkil etilishi toʻgʻrisida yangiliklar.net[sayt ishlamaydi]
- ↑ Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish
- ↑ Fidokorona xizmatlari uchun ordeni
- ↑ Shuhrat medali
Havolalar
tahrir- Filialning rasmiy veb sayti (Wayback Machine saytida 2019-01-19 sanasida arxivlangan)
- Bosh institutning veb sayti