Oʻktam Sadin
Oʻktam Sadin (1965-yil; Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Suvliq qishlogʻi) — oʻzbekistonlik shoir.
Oʻktam Sadin | |
---|---|
Tavalludi |
1965-yil |
Kasbi | shoir |
Ijodi
tahrirShoirning „Koʻngil kulbasi“, „Bardosh tonggi“, „Oʻzimni uygʻotdim“ singari sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Asarlari „Qashqadaryo bayozi 2“, „Soʻz tashrifi“ sheʼriy turkumlaridan ham joy olgan.
Oʻktam Sadinning sheʼrlari bir nechta gazeta va jurnallarda chop etilgan. Jumladan, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“, „Mushtum“ jurnallari va „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bunga misol boʻla oladi. Shoir „Bardosh tonggi“ toʻplami orqali mashhurlikka erishgan. Oʻktam Sadinning ayollar haqidagi „Ayolimga“, „Sogʻinchlar sargʻayar“, „Qizimning sheʼrlari“, „Sogʻindim“, „Taqdir“, „Ayolni kamsitmang“, „Onamga“ kabi sheʼriy toʻplamlari chop etigan[1].
Oʻktam Sadin „Inson manfaati“ gazetasi direktori sifatida faoliyat yuritgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Yo'ldoshev, Boynazar. Qashqadaryo adiblari. Qashqadaryo: Oltin-nashr — 358-bet. ISBN 978-9943-6333-0-8.
- ↑ Nuriddin Egamov. Yonayotgan gazeta yoxud „majburiy obuna“ga barham berish — bu majburiy ziyosizlikka yo’l ochish degani emas-ku (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 30-may 2024-yil.