Oʻqish va tushunish — bu matnni qayta ishlash, uning maʼnosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs oldindan bilgan narsalar bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir.[1][2] Soʻzlarning lugʻaviy maʼnosini bilish, soʻzlarning kontekstual maʼnosini bilish, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini anglash, matn tarkibidagi parchalar asosida xulosa chiqarish, matndagi asosiy fikrini aniqlash, berilgan savollarga matn asosida javob bera olish, matnda ishlatilgan badiiy sanʼatlar yoki soʻz birikmalarini tanib, ajratib olish va ohangini aniqlash, vaziyatning kayfiyatini (tasdiq, inkor, soʻroq qilish, buyruq berish), muallifning maqsadi, niyati va nuqtai nazarini aniqlash va muallif toʻgʻrisida xulosalar chiqarish qobiliyatlari oʻqilgan matnni samarali tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar hisoblanadi. (diskurs-semantika).[3][4]

Matnni oʻqib tushunish qobiliyatiga oʻquvchining yuqoridagi koʻnikmalari hamda maʼlumotni qayta ishlash qobiliyati taʼsir koʻrsatadi. Agar oʻquvchi soʻzning maʼnosini bilmasa, u matnni qayta ishlash uchun juda koʻp vaqt sarflaydi, chunki u matndagi tushunilmagan soʻzlarni individual tarzda anglashga urinadi, bu esa tushunishga ham halal beradi. Oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish uchun koʻplab mashqlar mavjud, ular orasida soʻz boyligini oshirish, matnni tanqidiy tahlil qilish, maydalab oʻqish.[5]

Manbalar

tahrir
  1. „What is Reading Comprehension?“ (en-US). Reading Worksheets, Spelling, Grammar, Comprehension, Lesson Plans (2008-yil 29-may). 2016-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  2. William Grabe. Reading in a Second Language: Moving from Theory to Practice. Cambridge University Press, 2009. ISBN 978-0-521-72974-1. „Koda, 2005:4“ 
  3. Davis, F.B. Psychometrika (1944) 9: 185. https://doi.org/10.1007/BF02288722
  4. Committee on Learning Sciences: Foundations and Applications to Adolescent and Adult Literacy. Improving Adult Literacy Instruction: Options for Practice and Research. National Academies Press, 2012 — 41-bet. ISBN 978-0-309-21960-0. 
  5. Maryanne Wolf. Tales of Literacy for the 21st Century: The Literary Agenda. OUP Oxford, 2016. ISBN 978-0-19-103613-2.