Oʻrol Tansiqboyev (1904.14.1 Toshkent — 1974.18.4) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Penza rassomlik bilim yurtini tugatgan (1924), Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi qoshidagi tasviriy sanʼat studiyasida taʼlim olgan (1924— 28). T.ning izlanishlar davri boʻlgan 20—30 yillardagi ijodi uslub, janr, mavzu rangbarangligi bilan ajralib turadi. Dastgox. va monumental sanʼatda tarixiy, maishiy va portret janrlarida asarlar yaratdi. Gʻarbiy Yevropa yangi sanʼati, Meksika monumental rassomlari ijodi, Oʻrta Osiyo devoriy rassomligi va miniatyura sanʼati uslublarini oʻrgandi va shular taʼsirida ijod qildi ("Oʻzbek portreta", 1927; "Kurash", "Karvon", 1929; "Oʻtovda", 1931 va boshqalar). 30 yillardan obʼyektni aniq tasvirlash T. ijodining muhim belgisiga aylandi, unda manzara janri yetakchi oʻrin egalladi. T. manzaralar tasviriga hayotiy lavha, inson faoliyatini ifodalovchi unsurlar kiritishga intildi ("Moviy manzara", 1935; "Tungi sugʻorish", 1942). Ikkinchi jahon urushi yillarida (1942) Moskva yaqinidagi jang boʻlib oʻtgan yerlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan rassomning "Urush yoʻllarida" asarlar turkumi maydonga keldi. Urushdan keyin qishloq hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratdi: "Togʻdagi kolxoz" (1949), "Sholikor kolxozda", "Gʻoʻza sugʻorish" (1949), "Oʻzbekistonda bahor" (1950). Ona yurtning umumlashma badiiy obrazini yaratish yoʻlidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qancha asarlari yuzaga keldi ("Jonajon oʻlka", 1951; "Issiqkoʻlda oqshom", 1951; "Togʻdagi yaylov", 1953; "Togʻda kuz", 1954 va boshqalar), ular orasida industrial manzaralar ham uchraydi ("Qayroqqum GESi tongi", 1957 va boshqalar). "Togʻdagi qishloq", "Oqshom" (1962), "Angren — Qoʻqon yoʻli" (1962), "Chorvoq qurilishida" (1970), "Mirzachoʻl kanali" (1971) kabi liroepik asarlarida Oʻzbekistonning tabiati hamda inson mehnati tufayli oʻzgarib borayotgan qiyofasi oʻz aksini topgan. "Jonajon Uzbekistan" manzaralari turkumi ("Kuz tongi", 1972; "Oqshom", 1972; "Mening qoʻshigʻim", 1972 va boshqalar) va boshqa

Oʻrol Tansiqboyev
qozoqcha: Орал Таңсықбаев
Tavalludi 14-yanvar 1904-yil
Vafoti 18-aprel 1974-yil(1974-04-18)
(70 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Mahobatli Rassom
Mukofotlari

T. asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻgshamlarda saqlanadi. Rassom 1967—74 yillar yashagan uyi T. uymuzeyiga aylantirilgan (1981). Uymuzeyda ijodiy ustaxona, mehmonxona va boshqa xonalar boʻlib, koʻplab hujjatli arxiv materiallari, rassomning koʻrgazmalarda namoyish qilingan mashhur asarlari saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2001)[1].

Manbalar

tahrir
  1. Veymarn B.V., Ural Tansikbayev, M., 1958; Karimov H., Tabiat kuychisi, T., 1970; Taktash R. X., Ural Tansoʻkbayev, T., 1980; Oʻrol Tansiqboyev uymuzeyi, T., 1984.

Havolalar

tahrir