Oʻtegen-Botir
Oʻtegen-Botir — Almati viloyati Ile tumanidagi qishloq, tuman markazi (1976-yildan buyon). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tomon 260 km masofada, Almati shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 21,596 kishi (2012).
Oʻtegen-Botir qoz. Өтеген батыр | |
---|---|
qishloq | |
43°25′23″N 77°01′02″E / 43.42306°N 77.01722°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Almati viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Ile tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1962 |
Avvalgi nomlari | Energeticheskiy |
Aholisi (2012) |
21,596 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +772572 |
Pochta indeks(lar)i | 040700[1] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
|
Aholisi
tahrir1999-yili qishloq aholisi 17 301 kishini [2], 2012-yili esa qishloq aholisi 21 596 kishini tashkil qildi[2].
Tarixi
tahrirOʻtegen-Botir qishlogʻi 1999-yilgacha “Energeticheskiy” deb nomlandi. Poydevori 1962-yili Almati davlat maʼmuriy elektr stansiyasining bunyod etilishi bilan qurilgan.
Sanoati
tahrirQishloqda temir beton zavodi, davlat maʼmuriy elektr stansiyasi, avtomabil, qurulish sohalaridagi korxonalari va boshqalari bor. Oʻtegen-Botir qishlogʻidan Turkiston-Sibir temir yoʻli oʻtadi.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2010-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar. (WebCite saytida 2013-02-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ Qozoq ensiklopediya, 7 tom