Oʻzbek xalq maqollari

(Oʻzbek maqollaridan yoʻnaltirildi)

Avval salom baʼdaz kalom.


Bir kattani bil, bir kichikni bil.

Bola aziz — odobi undan aziz.

Bolaning erkasi, bitning sirkasi.

Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, Orlanib soʻramagan oʻziga zolim.

Bosh boʻlmagan uyda otasi turib oʻgʻli soʻzlar.

Ilmli bir yashar, ilmli ming yashar

Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan.

Katta izzatda — kichik xizmatda.

Kattada izzat yoq, kichikda xizmat yoq.

Kattaga katta boʻl, kichikka — kichik.

Kattaga salom ber, kichikka alif lom .

Kattani hurmati — qarz, Kichikka salom — farz.

Kattani katta desang oʻzidan ketar, Kichikni katta desang, kattaga yetar.

Kattani uyalgisi kelsa, kichikka tegar.

Koʻp oʻynagan bola, el koʻzida ola.

Kattaga hurmatda boʻl, Kichikka izzatda boʻl.

Odob — kishinig zebu ziynati.

Odob — oltindan qimmat.

Odob — peshada, gunoh — teshada.

Odob bozorda sotilmas.

Odobim — oftobim.

Odobli bola elga manzur.

Odobli kelinning supurgisi hashak ostida turar.

Odobli oʻqil — koʻkdagi yulduz, odobli qiz — yoqadagi qunduz.

Odoblikni belgisi — eshilib salom bergani, Yaqinlikning belgisi — kelib-ketib turgani.

Odobni beodobdan oʻrgan.

Odobning boshi — til.

Odobsiz betga chopar.

Yolgʻiz bolaga indamasang, koʻpayar.. Yaxshi otga bir qamchi ,yomon otga ming qamchi