Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari

OʻzbekistonQozogʻiston munosabatlari — izchil rivojlanmoqda. Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shunga qaramasdan, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpdir.

Qozogʻiston–Oʻzbekiston munosabatlari

Qozogʻiston

Oʻzbekiston

Qozogʻiston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni taʼminlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. 2005-yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 166 hujjat imzolangan. 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AQSh dollarini, import 241,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

1991-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qozogʻistonga 25 ta tashrifi amalga oshirilgan va Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga 7 marotaba tashrif buyurgan.

Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchilari

tahrir
  1. Nosir Yoqubov (1993—2000)
  2. Butayarov Turdiqul Suvanovich (17.04.2000-2008)
  3. Tursunov Farrux Islamdjanovich (12.2008—12.2011)[1][2][3]
  4. Salahitdinov Alisher Alahitdinovich (11.2012-12.2015)
  5. Nazarov Ikrom Oʻktamovich (06.01.2016-10.02.2018)
  6. Niyazxodjaev Saidikram Parhatovich (12.03.2018-)

Manbalar

tahrir