Saidikrom Niyozxoʻjayev
Saidikrom Parxatovich Niyozxoʻjayev – oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2018—2024-yillarda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi[1]. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Qozogʻistondagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yil 12-martdan – 2024-yil 16-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ikrom Nazarov |
Vorisi | Baxtiyor Ibragimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-iyun 1965-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1965-yil 9-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1989-yilda Toshkent politexnika institutini quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1989—1991 – Toshkent politexnika instituti fakultet dekani yordamchisi, muovini.
1991—1995 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash komissiyasi kotibiyati eksperti, katta eksperti.
1995—1996 – Vazirlar Mahkamasini qurilish, qurilish materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi katta eksperti.
1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining kotibiyati mudiri va yordamchisi.
1999—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari kotibiyati mudiri – qurilish va yoʻl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish kompleksi rahbari.
1999—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsion loyihalar departamenti muhim investitsion dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.
2000—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati muhim investitsion loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.
2004—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal taʼminot va transport, qurilish materiallari sanoati, qurilish kompleksi kotibiyati pudrat ishlari dasturini shakllantirish guruhi rahbari.
2004—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.
2011—2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
2014—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari – iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish departamenti boshligʻi.
2015—2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2018-yildan 2024-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2].
Qozogʻistonning 2-darajali Doʻstiq ordeni bilan mukofotlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ Vazir oʻrinbosari Qozogʻistonga elchi etib tayinlandi
- ↑ Oʻzbekiston elchisi Qozogʻistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti