Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni
1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilingan. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror va „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindi[1]. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi[2]. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentyabrda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi[2]. 1992-yil 3-iyulda „Oʻzbekiston Respublikasida bayramlar toʻgʻrisida“gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi. Qonun asosida oʻsha paytda amalda boʻlgan Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi[3].
Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni | |
---|---|
Toshkentdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti | |
Nishonlovchilar | Oʻzbekiston |
Turi | Davlat bayrami |
Ahamiyati | Oʻzbekiston SSSRdan ajrab, mustaqillikka erishgan kun |
Sana | 1-senyabr |
Nishonlanishi | Mushakbozlik festivali, konsert, parad |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar (1991—1996), 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1997. ISBN 5-640-02133-0.
- * Tyurikov V., Shagulyamov R.. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi: unutilmas voqealar va sanalar Nashr-2, 10000 экз, Toshkent: O'zbekston, 1998. ISBN 5-640-02328-7.