„Oʻzsuvtaʼminot“ AJ (ruscha: AO „Узсувтаъминот“, inglizcha: JSC „"Uzsuvtaminot“) “– respublika boʻylab suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada yaxshilash va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish xizmatlarni amalga oshiradigan korxona.

„Oʻzsuvta’minot“ AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 26-noyabr, 2019-yil (5 yil avval) (2019-11-26)
Joylashuvi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 152-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Ahmad Suvonqulov
Vebsayti uzsuv.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

2024-yil 24-yanvar holatiga koʻra, „Oʻzsuvtaʼminot“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 2,3 trillion soʻmni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi „Oʻzsuvtaʼminot“ AJ ning 100 foizlik aksiyalar paketiga egalik qiladi.

Tarixi

tahrir

2019-yil 26-noyabrda „Oʻzsuvtaʼminot“ aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5883-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentliginining 2020-yil 9-martdagi 108-sonli buyrugʻiga asosan aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan[1][2].

Rahbariyat

tahrir
F.I.Sh Lavozimi
Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich AJ boshqaruv raisi[3][4][5]
Xaydarov Taxir Abidjanovich AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari
Raxmatullayev Xurshid Xotamjonovich AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari
Yusupov Komilbek Shuxratovich AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir