Avnik
(O‘nikdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Avnik, Oʻnik – Sharqiy Anadoluda, Arzirum shahridan sharqroqdagi qal’a. Koʻsatogʻ etagida joylashgan. A. 10– 11-asr boshlarida armanlarning Avnikni podsholigi davrida barpo qilingan. Amir Temurning dushmani Qora Muhammadning istehkomi boʻlgan. Sohibqiron Avnikni „besh yillik yurishi“ (1392–96) paytida, 1394 yil 18-iyunda qamal qilgan va bir yarim oydan soʻng, 1-avgustda zabt etgan. Qalʼaga kutvol qilib Atalmish Havchin qoʻyilgan. Biroq Amir Temur 1395 yil Toʻxtamishxonga qarshi yurishga ketgan paytda Qora Muhammadning oʻgʻli Qora Yusuf fursatdan foydalanib Avnikni egallagan. Amir Temur „yetti yillik yurish“ (1399–1404) paytida 1401 yil qalʼani ikkinchi marta olgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |