“Oʻzbekiston SSR xalq artisti” — faxriy unvoni, 1940-yil 16-yanvarda ta’sis etilgan. Ushbu unvon Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan teatr, musiqa va kino san’ati rivojiga qoʻshgan alohida xizmat koʻrsatgan taniqli san’atkorlarga berilgan. Mazkur unvon qoidaga koʻra, “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist” yoki “Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan san’at arbobi” faxriy unvoni berilganidan keyin kamida besh yil oʻtgach beriladi. Keyingisi "SSSR xalq artisti" unvoni edi.

Oʻzbekiston SSR xalq artisti
Mamlakat OʻzSSR
Turi faxriy unvon
Statistika
Taʼsis sanasi 16.01.1940

Birinchi 1932-yilda - raqqosa Tamaraxonim bu unvon sohibi boʻldi.

Soʻnggi unvon 1991-yilda aktyor Sharipov Xusan Ortiqovichga nasib qilgan.

Oʻzbekistonda Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan “Oʻzbekiston SSR xalq artisti” unvoni “Oʻzbekiston xalq artisti” unvoni bilan almashtirildi, bu unvon esa sobiq SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oʻz ichida saqlab qoldi.

Havolalar

tahrir