Oddiy oʻgʻit
Oddiy oʻgʻit – tarkibida oʻsimliklar uchun asosiy oziq moddalardan biri boʻlgan oʻgʻit. Bu nom shartli ravishda berilgan. Chunki oddiy oʻgʻit tarkibida asosiy oziq moddalardan tashqari boshqa aralashmalar – oltingugurt, magniy, kalsiy va boshqa mikroelementlar ham boʻlishi mumkin. Masalan, oddiy superfosfatda 14—20% fosfor mavjud, qolgani kalsiy, oltingugurt va boshqa elementlardan iborat. Oddiy oʻgʻit azotli, fosforli, kaliyli va hokazo boʻladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarni oziqlantirish paytida zarur oziq moddalar toʻplamini olish uchun ularni koʻpincha aralashtirish kerak[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |