Odil Qoʻysinov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Odil Almurotovich Qoʻysinov (1979-yil 31-yanvar, Piskent tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Odil Qoʻysinov
Tavalludi 31-yanvar 1979-yil (1979-01-31) (45 yosh)
Piskent tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Odil Qoʻysinov 1979-yil 31-yanvar Piskent tumanida tugʻilgan[1]. 1996—2000-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Kasb taʼlimi“ fakultetini tugatgan. 2000—2002 -illarda mazkur universitetning magistratura hamda 2002—2005-yillarda aspiranturasida oʻqigan. 2002—2008-yillarda shu universitetda oʻqituvchi, 2008—2010-yillarda dotsent vazifasini bajaruvchi, 2010—2012-yillarda dotsent, 2012— 2015-yillarda kafedra mudiri, 2015—2020-yillarda universitetda maʼnaviy-maʼrifiy hamda yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan[1]. 2020-yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[2].

Oilasi

tahrir

Oilali, 3 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2008-yil „Kasb taʼlimi yoʻnalishi bakalavr oʻqituvchilarni tayyorlashda mustaqil taʼlimning ilmiy-metodik asoslari“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2010-yilda dotsent unvoni berilgan. 2019-yilda „Kompetentli yondashuv asosida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari“ mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan va 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.200 ga yaqin ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 33 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 10 ta elektron darslik muallifi. Koʻpgina xalqaro (Chexiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Ruminiya va Hindiston) va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan. 2015-yilgi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinfi uchun „Mehnat taʼlimi“ darsligining hamda 2017-yilgi 6-7-sinflari uchun „Texnologiya“, 2022-yilgi 6-sinflar va 7-sinflar uchun „Texnologiya“ darsliklari mualliflaridan biri. 2015-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan. 2018 yil Xitoyning „Shansi Normal University“ faxriy professori unvoni sohibi boʻlgan. 2021-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir