Odimchilar
Odimchilar (Geometridae) - kapalaklar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 12 ming turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 14–50 mm. Odimchilar kapalagining rangi boʻgʻiq kulrang, qanotlari katga, hartumchasi rivojlangan, erkagining moʻylovlari patsimon yoki taroqsimon. Qurtlarining qorin oyoklari 2 ta, kamdan-kam 3—4 juft, harakatlanganida dastlab tanasining oldingi qismini ilgari suradi, soʻngra orqa qismini tortib oladi (goʻyo "odimlagandek" boʻladi; nomi ham shundan).
Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻp uchraydi. Odimchilar barglar orqasiga, poʻstloq yoriqlariga, kurtak uchiga bittadan yoki toʻp-toʻp qilib tuxum qoʻyadi. Qurtining rivojlanishi 1—2 oy davom etib, tuprokda, toʻkilgan barglar orasida gʻumbakka aylanadi. Odimchilar oʻsimlik bargi, kurtaklari va boshqa bilan oziqlanadi. Asosan, begona oʻtlar orasida va bedazorlarda hayot kechiradi.
Kurash choralari: bedazorlarga fozalon (1,5 kg/ga), xlorofosning hoʻllanuvchi kukuni yoki texnik xlorofos (1,5 kg/ga), ambushning 25%li emulgirlanuvchi kukuni va boshqa bilan ishlov beriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |