Afrigʻ
(Ofrig‘dan yoʻnaltirildi)
Afrigʻ, Ofrigʻ — milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrigʻiylar sulolasi asoschisi.
Qadimgi Xorazmdagi koʻplab qalʼalarning bunyod etilishi Afrigʻ nomi bilan bogʻliq[1]. 305-yilda xorazmshoh Afrigʻ oʻz qarorgohini Kat shahriga koʻchiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qalʼasi ichida shoh oʻziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrigʻiy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil boʻlib oladilar.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |