Oila kodeksi
Oila kodeksi – oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmogʻi hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Oila kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-sentabrdan amalga kiritildi. Oila kodeksi mamlakatimizda „Oila yili“[1] deb eʼlon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila kodeksi bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan. Milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindoshurugchilik, bobo-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi) kabi hollar[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „1998 - Oila yili“. O'zbekiston Respublikasi davlat dasturlari portali. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |