Oksitan tili, provansal tili — roman tillaridan biri; Janubiy Fransiyada, shuningdek, Italiya shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shimoliy oksitan (limuzin, overn, provans-alp) va urta oksitan (langedok, pro-vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili fransuz tiliga yaqin bulsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili XI asrdan mavjud, 12—13-asrlarda adabiyot taraqqiyot choʻqkisiga koʻtarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qoʻshilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. 13-asrda Pirovansning Shimoliy Fransiyaga qoʻshib olinishi Oksitan tili vazifa doi-rasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga boʻlinib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, koʻpincha ogʻzaki muomalada qoʻllanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Kad- yozuv yodgorliklari X—XI asrlarda yaratilgan.[4]

Oksitan tili
Milliy nomi occitan, lenga d'òc
Mamlakatlar Fransiya, Ispaniya, Italiya, Monako
Rasmiylik holati  Ispaniya (Val d'Aran)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 000 000 (1999)[1]
Tartiblovchi tashkilot Conselh de la Lenga Occitana/CLO (Occitan Language Council);[2] Congrès Permanent de la Lenga Occitana[3]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiya tillari
Til oilasi

Hind-yevropa tillari

Roman tillari
Oksitan-roman ostguruhi
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 oc
ISO 639-2 oci
ISO 639-3 oci

Oksitan tili (oksitancha talaffuzi: utsiˈta; fransuzcha talaffuzi: ɔk.si'tɑ̃) yoki Lenga d'òc (ˈleŋɡɔ ˈðɔ(k); fransuzcha: Langue d'oc) roman tillaridan biri boʻlib, unda Fransiya janubi, Italiyaning Oksitan vodiyi, Monako va Ispaniyaning Val d'Aran mintaqasida yashovchi qariyb 2 million aholi gaplashadi. Oksitan tili Kataloniya rasmiy tillaridan biri.[5] Oksitanchaga yaqin til katalan tilidir.

Manbalar

tahrir
  1. « De fait, le nombre des locuteurs de l’occitan a pu être estimé par l’INED dans un premier temps à 526 000 personnes, puis à 789 000, » ("In fact, the number of occitan speakers was estimated by the French Demographics Institute at 526,000 people, then 789,000") Philippe Martel, "Qui parle occitan ?" in Langues et cité n°10, December 2007.
  2. CLO's statements in Lingüistica Occitana (online review of Occitan linguistics). (PDF), 2018-07-30da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-01-08
  3. Congrès permanent de la langue occitane / Congrès permanent de la lenga occitana - Un nouvel organisme de régulation de l’occitan au service des usagers et des locuteurs, 2012-01-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-01-08
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Parlament-cat.net (PDF), 2013-08-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-01-08
 
Vikipediya logotipi

Vikipediya oksitan tilida
boʻlimga ega:
«Acuèlh»