Oksana Oleksandrivna Boturchuk (ukraincha: Оксана Олександрівна Ботурчук; 1984-yil 12-sentyabr, Nikopol) – ukrainalik yengil atletikachi, Ukrainada xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1]. 2008-yilgi Paralimpiada chempioni, 2008, 2012, 2016 va 2020-yillardagi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining sakkiz karra kumush va bronza medali sohibi.

Oksana Oleksandrivna Boturchuk
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 12-sentyabr 1984-yil (1984-09-12) (40 yosh)
Nikopol, Dnepropetrovsk viloyati, Ukraina SSR, SSSR
Faoliyat yillari 200-yildan hozirgacha
Boʻyi 168 sm
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Yengil atletika
Klubi Invasport

Hayoti

tahrir

Boturchuk Nikopolda sportchi oilasida tugʻilgan. Otasi sambo boʻyicha SSSR sport ustasi, onasi yengil atletika boʻyicha sport ustasi nomzodi, onasi sprintda qatnashgan va shuning uchun qizini murabbiy Marina Afanasyevna Sitsarikovaga olib kelgan. Singlisi Yelena ham Oksana bilan birgalikda sport bilan shugʻullangan. Oksananing eri Balaban Sergey Nikolayevich, sambo va dzyudo boʻyicha xalqar toifadagi sport ustasi, ularning Sofiya ismli qizi bor.

Avtohalokat tufayli koʻrishi keskin yomonlashgan. Boturchuklar oilasi buvisining uyidan Nikopolga qaytayotganda Vinnitsa yaqinida avtohalokat yuz beradi. Oilada hamma jabrlanadi, ammo eng katta jarohatni Oksana olgan. Ammo bu voqeadan oldin Oksanada koʻrish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlgan boʻlib, baxtsiz hodisadan keyin qisqa muddatda toʻliq koʻrish qobiliyatini yoʻqotdi. Keyinchalik uning koʻrish qobilyati qisman tiklanadi. Hozirda koʻrish qobiliyati minus besh yarim.

Boturchuk bir qancha xalqaro turnirlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, milliy terma jamoaga kiritilgan. Birinchi yirik turniri Shvetsiyada boʻlib oʻtgan qishki jahon chempionati (2006). Bu turnirda Boturchuk 60 metrga yugurish, uzunlikka sakrash va 400 metrga yugurish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, oʻsha yili Niderlandiyada boʻlib oʻtgan yozgi jahon chempionatida 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha chempionlik rekordini oʻrnatgan va jahon rekordi oʻrnatishga yaqin kelgan.

2007-yilda Jahon kubogida qatnashib, 100 va 200 metrga yugurishda gʻolib chiqqan va kuzda esa Chexiyada 70 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda gʻolib chiqqan. Bu musobaqada Oksana 100 va 200 m masofada yugurish boʻyicha ikkita jahon rekordini yangilaydi, ammo doping nazorati yoʻqligi sababli rekordlar hisobga olinmaydi.

2008-yil may oyining boshida yana Angliyada 100 va 200 m ga yugurish boʻyicha gʻolib boʻladi. May oyining oxirida Oksana Xorvatiyaga joʻnab, bu yerda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Keyin Pekindagi oʻyinlarda uchta medalni qoʻlga kiritdi: 100 metrga yugurishda bitta oltin, 400 va 200 metrga yugurishda dastlabki bosqichda 56,05 va finalda 55,88 natijani qayd etdi. Natijada ushbu koʻrsatkichlari Ukraina sport ustasiga belgilangan normalardan oshib ketgan[2].

2019-yilda BAAning Dubay shahrida boʻlib oʻtgan paraatletika boʻyicha jahon chempionatida ikkita medalni qoʻlga kiritdi. 9-noyabr kuni 400 metrga yugurishda kumush (T12 toifasi)[3], 12-noyabr kuni esa 200 metrga yugurishda (T12 toifasi) bronza sovrinini qoʻlga kiritdi. Oʻshanda hamrohi (inglizcha: sighted guide) Nikita Barabanov boʻlgan.

2021-yil 31-avgust kuni Tokiodagi 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Oksana T12 toifasida 400 metrga yugurishda kumush medalni qoʻlga kiritdi[4]. 2 sentyabr kuni 100 metrga yugurishda bronza, 4 sentyabr kuni esa 200 metrga estafetada kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].

Boturchuk Dnepropetrovsk viloyati „Invasport“ markazida yengil atletika bilan shugʻullanadi.

Dnepropetrovsk universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.

1-darajali (2016-yil)[6], 2-darajali (2012-yil), 3-darajali (2008-yil)[7] „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri.

2021-yil 22-iyulda Oksana Boturchuk[8] hayotiga bagʻishlangan „Puls“ badiiy filmi chiqadi. Oksani rolini aktrisa Natalya Babenko ijro etgan.

Turmush oʻrtogʻi Sergey Balaban, ukrainalik sambo kurashchisi va dzyudochisi, dzyudo boʻyicha Ukraina chempionati chempioni (2006), kumush medali sohibi (2005), sambo boʻyicha Yevropa chempionatining kumush (2001, 2009) va bronza (2010) medali sovrindori, 2009-yilgi sambo boʻyicha jahon chempionati bronza medali sovrindori. Sambo va dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi Ukraina sport ustasi[9].

Manbalar

tahrir
  1. „З Чемпіонату Європи серед параолімпійців викладачка ДДУВС Оксана Ботурчук привезла 2 золоті медалі“. 2019-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  2. „Оксана Ботурчук. Такой вот, заяц…“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
  3. „Національна паралімпійська збірна з легкої атлетики виривається вперед на чемпіонаті світу“. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-noyabr.
  4. „Ботручук здобула ще одне "срібло" для України на Паралімпіаді-2020“. РБК-Украина. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  5. „Легоатлетка Ботурчук взяла "срібло" Паралімпіади – це вже її третя медаль“ (uk). 24 Канал. 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  6. „Указ Президента України № 430/2016 від 4 жовтня 2016 року «Про відзначення державними нагородами України»“. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  7. „Указ Президента України № 909/2008 від 7 жовтня 2008 року «Про відзначення державними нагородами України спортсменів, тренерів та фахівців національної збірної команди України серед спортсменів-інвалідів на XIII літніх Паралімпійських іграх»“. 2014-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-avgust.
  8. „"Хочеться, щоб моя історія могла надихнути": паралімпійська чемпіонка Оксана Ботурчук про фільм "Пульс"“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  9. „Балабан Сергей“ (ru). Внутри самбо. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.