Oleg Mochulyak
Oleg Leonidovich Mochulyak (ukraincha: Олег Леонідович Мочуляк; 1974-yil 27-sentyabr, Odessa, Ukraina SSR, SSSR) – sovet, ukrainalik futbolchi, SSSR yoshlar terma jamoalari va Ukraina yoshlar terma jamoasi hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 27-sentyabr 1974-yil | ||
Tavallud joyi | Odessa, Ukraina SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi, Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991–1992 | FC Chornomorets Odesa | 3 | (0) |
1992 | → FC Chornomorets-2 Odesa (ijara) | 18 | (4) |
1993–1994 | FC Nyva Ternopil | 48 | (21) |
1994–1996 | FC Chornomorets Odesa | 16 | (2) |
1996 | → FC Uralmash Yekaterinburg (ijara) | 16 | (4) |
1996 | → FC Gazovik-Gazprom Izhevsk (ijara) | 10 | (1) |
1997 | → FC Uralan Elista (ijara) | 15 | (1) |
1998–1999 | SC Odesa | 26 | (10) |
1999–2000 | FC Chornomorets Odesa | 64 | (7) |
1999 | → FC Chornomorets-2 Odesa (ijara) | 4 | (1) |
2001 | SC Tavriya Simferopol | 20 | (2) |
2002 | FC Zimbru Chişinău | ||
2003 | FC Ivan Odesa | 15 | (9) |
2004 | FC Taraz | ||
2005 | FC Atyrau | ||
2006 | FC Taraz | ||
2007 | FC Atyrau | ||
2008 | Buxoro | ||
2009–2010 | FC Dnister Ovidiopol | 24 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
1991 | SSSR U-16 | ||
1993–1994 | Ukraina U-21 | 5 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai holi
tahrirU Odessadagi „Chernomorets“ sport maktabida murabbiy O. V. Galitskiy qoʻl ostida shgʻullana boshladi. U bolalar jamoasida oʻzini yaxshi koʻrsatdi, koʻp gol urdi va tez orada SSSR yoshlar terma jamoasidan taklif oldi. SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida Mochulyak jahon chempionatiga chiqish uchun kurashgan. Shveysariyada boʻlib oʻtgan 17 yoshlilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[1]. Tez orada u shaharning asosiy jamoasi – „Chernomorets“ ga taklif qilindi. Chernomorets jamoasi hujumida tajribali Ivan Getsko va Sergey Gusev harakat qilyotgan edi. Oʻn yetti yoshli yigit uchun ular bilan raqobatlashish qiyin kechdi. Soʻnggi SSSR chempionatida Mochulyak asosiy tarkibda atigi uchta oʻyin oʻtkazdi.
Hujumchi mustaqil Ukrainada birinchi mavsumni Chernomorets-2da oʻtkazdi. Navbatdagi chempionatni yuqori ligadagi Ternopil Nivada boshladi. Uni klub prezidenti Vladimir Grigoryevich Aksyonov taklif qildi. Aksyonov ilgari Ukraina yoshlar terma jamoasini boshqargan va Mochulyakning imkoniyatlarini yaxshi bilar edi. Jamoani boshqa hujumchi, taniqli sobiq futbolchi Leonid Buryak boshqargan. V.Ternavskiy, D.Tyapushkin, S.Lejentsev[1] yetakchi boʻlgan jamoada Mochulyak ikkinchi davrada 7ta gol urib, asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. 1993-1994 yilgi mavsumda esa u 14 ta gol urib, chempionat toʻpurarlari roʻyxatida toʻrtinchi boʻldi.
Ternopil jamoasidagi ikki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Mochulyak chet eldan koʻplab yaxshi takliflar oldi. Ammo oʻzi tarbiyalangan klubda oʻynash orzusi va oʻsha paytda Chernomoretsni boshqargan Leonid Buryakning oʻz klubida futbolchini koʻrish istagi hujumchini Odessa jamoasini tanlashiga sabab boʻldi. Avvaliga hammasi yaxshi boʻldi, Mochulyak muntazam ravishda tarkibda paydo boʻla boshladi, ikkita gol urdi. Ammo keyin u pnevmoniyaga chalindi. Uzoq davom etgan muolajalardan soʻng tuzalib ketdi. Lekin asosiy tarkibga kira olmadi.
1995-yilda u Belgiyaning „Anderlext“ klubida koʻrikda boʻlib, u yerda ijobiy taassurot qoldirdi. Ammo transfer amalga oshmadi. Chunki klublar futbolchining narxi boʻyicha kelisha olmadi. Belgiyadan qaytgach, Isroildagi klublardan biridan taklif tushdi. Ammo viza muammolari tufayli mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi[1].
1996-yilni Mochulyak Rossiya chempionatining oliy ligasida ishtirok etgan Yekaterinburgning Uralmash jamoasida oʻtkazdi. Jamoa uchun birinchi rasmiy oʻyinda (chempionatning 1-turi – Moskva Torpedo bilan mehmon oʻyini, 1:1) Mochulyak gol urdi[2]. Intertoto kubogida „Uralmash“da oʻynagan. Ammo klubda moliyaviy muammolar paydo boʻla boshladi. Koʻplab futbolchilar jamoani tark eta boshladi. Jumladan Mochulyak ham. Odessaga qaytib, u Rossiyaning „Gazovik-Gazprom“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Elista klubining birinchi ligadagi gʻalabasiga hissa qoʻshganiga qaramay Mochulyak jamoani tark etib, Odessaga qaytib keldi va u yerda „Ribak-Dorojnik“ havaskorlar jamoasiga oʻtdi. Shu vaqt ichida faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha takliflar oldi. Mochulyak SC Odessa variantni tanladi. Odessaning ikkinchi klubida bir yarim mavsum oʻynaganidan soʻng Chernomoretsga qaytib keldi. U muntazam ravishda asosiy tarkibda oʻynadi. Ammo 1999—2000-yilgi mavsum oxirida klub yana quyi divizionga tushib ketdi. 2001-yilga kelib, klub bilan tuzilgan shartnoma muddati tugadi va Mochulyak uni uzaytirmaslikka qaror qildi.
2001-yilda „Tavria“ bilan shartnoma imzoladi. Yil boshi Mochulyak uchun unchalik omadli kelmadi: toʻpigʻidagi jarohat futbolchini ikki oyga safdan chiqishiga sabab boʻldi. Ammo jarohati jiddiy emasligi uchun yana safga qaytdi. Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilayotganiga qaramay yangi klubidagi faoliyati yaxshi ketayotgandi[3]. Biroq bir yildan soʻng futbolchi transferga qoʻyildi.
Garchi u Kishinyov klubida oʻynashni maqsad qilmagan boʻlsa ham hujumchining faoliyatidagi keyingi klub Moldaviyaning „Zimbru“ klubi boʻldi. Oʻzi bilan 12 nafar hamyurtini olib kelgan ruminiyalik murabbiy Gabi Stan kelishi bilan asosiy tarkibda Mochulyakga oʻrin qolmagan. Boshqa klubga oʻtish uchun esa Zimbru rahbariyati katta summa soʻragan. Majburiy tanaffus davrida u Odessaning „Ivan“ va „Signal“ havaskor klublarida oʻynab, oʻz formasini saqlab qoldi. Faqatgina Ukraina futbolchilari ittifoqi yordamida erkin agent maqomiga erishishni uddalagan[1].
2005-yildan boshlab futbolchining Osiyodagi faoliyati boshlandi. Osiyodagi faoliyati deyarli 5 yil davom etdi. „Taraz“ klubi bilan ilk mavsumda Qozogʻiston kubogini qoʻlga kiritdi[4]. Ikki marta – 2004 va 2006-yillarda klubning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2005-yilda u yarim mavsum „Atirau“da oʻynadi, u yerdan „Jenis“ (Astana) klubiga oʻtdi va ikkinchi marta Qozogʻiston kubogini qoʻlga kiritdi. 2006-yilda yana Tarazga qaytdi. Legioner hisoblanmaslik uchun u Qozogʻiston fuqaroligini qabul qildi. 2008-yilda „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolab, Oʻzbekistonga joʻnab ketdi. Bu yerda futbolchi uch oy davomida chempionat yakuniga qadar oʻynamadi. Kelgan oʻzbek klubining yangi rahbariyati legionerlar koʻp maosh olmoqda, degan qarorga kelib, futbolchi oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdi. Shundan soʻng futbolchi tomonidan kelishuv bir tomonlama bekor qilindi va bu ish boʻyicha hujjatlar FIFAning tegishli komissiyasiga yuborildi. Koʻp oʻtmay „Mash’al“ ustozi Vladimir Bondarenkodan ushbu klubda oʻynash taklifini oldi. Ammo mahalliy federatsiya bu transferga toʻsqinlik qildi. Ushbu voqealar natijasida futbolchi olti oyga futboldan chetda qoldi[1].
2009-yilda Oʻzbekistondan qaytgach, futbolchi faoliyatini yakunlash haqida oʻylayotgan edi. Biroq birinchi ligadagi „Dnestr“ (Ovidiopol) klubidan yana bir taklif tushdi va Oleg yana professional futbolga qaytdi. Chempionatning kuzgi qismida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ovidiopol jamoasi safida eng yaxshilardan biri boʻldi. 2010-yilning yozida Mochulyak faoliyatini yakunladi[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirXotini – Yekaterina, oʻgʻli – Renat (1998 yilda tugʻilgan) – „Chernigov Desna“ klubi futbolchisi, qizlari Lolita (1996 yilda tugʻilgan)[1] va Malika (2014 yilda tugʻilgan)[manba kerak].
Yutuqlari
tahrir- Ukraina kubogi sohibi (1992-yil)
- Qozogʻiston kubogi sohibi (2004 va 2006-yil)
- Moldaviya kubogi sohibi (2002-yil)
- Ukraina chempionatining kumush medali sohibi (1994—95, 1995—96)
- Moldova chempionatining kumush medali sohibi (2002-yil)
- Rossiya birinchi divizioni gʻolibi (1997-yil)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Мочуляк: «Меня оставили в лесу в одних тапочках»“. 2017-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-may.
- ↑ Торпедо 1-1 Уралмаш. Чемпионат России 1996 YouTubeda
- ↑ O.Mochulyak: V „Tavrii“ ustraivaet vsyo[sayt ishlamaydi]
- ↑ O.Mochulyak: „Ukraina sposobstvuet progressu kazaxskogo futbola“[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Олег Мочуляк завершает карьеру“. 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-may.
Havolalar
tahrir- Oleg Mochulyak FootballDatabase.eu saytida
- Oleg Mochulyak. Sport.ua "Sport-Express Ukrainada. 2009-yil 24-dekabr