Olenek
Olenek (saxa.: Өлөөн, Ölöön) – Saxadagi daryo, bosh qismi Krasnoyarsk oʻlkasida. Uzunligi 2292 km, havzasining maydoni 220 ming km². Vilyuy platosidan boshlanadi. Chapdan Bur daryosi quyilgandan ke-yin Shimoliy Sibir pasttekisligi boʻylab shimoli-gʻarbga buriladi. Laptev dengizining Olenek qoʻltigʻiga quyilish joyida delta (maydoni 475 km², uz 20 km) hosil qilgan. Yirik irmoqlari: chapdan – Bur, Buolkalax. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 1210 m³/sek. Sentabr oxiri – oktabrda muzlab, may— iyunda muzdan boʻshaydi. Daryoda baliq turi koʻp. O. boʻyida Olenyok, Taymilir, Ust-Olenyok aholi punktlari joylashgan[1].
Olenek | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 292 |
Maydoni | 220 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Saxa |
Olenek |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |