Olga Gorbunova
Olga Aleksandrovna Gorbunova (belaruscha: Вольга Аляксандраўна Гарбунова) — belaruslik faol, feminist, zoʻravonlik qurbonlari va zaif ijtimoiy guruhlar vakillarining huquqlari uchun kurashuvchi sobiq siyosiy mahkum. Gorbunova — Belarusning ijtimoiy siyosat boʻyicha qoʻshma oʻtish vazirlar mahkamasi aʼzosi, „Radislava“ jamoat tashkilotining sobiq rahbari.
Olga Gorbunova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-may 1981-yil Belorussiya SSR, SSRI |
Fuqaroligi | Belarus |
Millati | belarus |
Kasbi | siyosatchi, ayollar huquqlari himoyachisi |
Ijtimoiy faoliyati
tahrir2003-yilda psixologiya boʻyicha tahsil olgan Olga „Radislava“ nodavlat notijorat tashkilotining ishonch telefoni koʻngilli operatori sifatida faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Olga tashkilot rahbari lavozimiga koʻtarilgan[1].
Olga Gorbunova „Radislava“ jamoasi bilan birgalikda Belorussiyada oilaviy zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha maxsus qonunning qabul qilinishini himoya qilgan. 2018-yilda „Respublika“ jurnaliga bergan intervyusida Olga Gorbunova bu haqda quyidagilarni aytdi:
Oilaviy zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar jamoat xarakteriga ega boʻlishi kerak, shunda jamiyat ham, davlat ham prokuror vakili boʻlishi lozim. Yangi qonun universal boʻlishi va yoshi, jinsi, yashash joyi yoki ayrim kasalliklarning mavjudligidan qatʼi nazar, u oiladagi zoʻravonlik qurbonini himoya qilishi zarur. Bundan tashqari, hujjat haqiqiy koʻmak beruvchi choralardan iborat boʻlishi lozim[2].
Biroq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan „Maishiy zoʻravonlikka qarshi kurash toʻgʻrisida“ gi qonun loyihasining konsepsiyasi Aleksandr Lukashenkoning qattiq tanqidiga uchradgan va qonun ustida ishlash toʻxtatilgan[3].
2016-yilda Olga va unga hamfikr ayollar 2012-yilda boshlangan xalqaro kampaniya doirasida Belarusda birinchi marta „One Billion Rising“ fleshmobini tashkil qilishgan. Shunday qilib, fleshmob davomida ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi boʻlgan odamlar butun dunyo boʻylab 14-fevral Sevishganlar kunida raqsga tushishadi. Bu bilan ayollar muammo boʻyicha hamjihatlik va birdamlik hissini bildiradilar[4]. 2018-yilda Olga zoʻravonlikka uchragan qizlar va ayollar oʻqishi hamda ish topishi mumkin boʻlgan NORM ijtimoiy kafesini tashkil etishini eʼlon qilgan. Keyinchalik moliyaviy qiyinchiliklar va xavfsizlik muammolari tufayli loyiha toʻxtatilgan[5].
Muhojirlikda
tahrir2022-yil 26-dekabrda Olga Gorbunova Belarus qoʻshma oʻtish vazirlar mahkamasining ijtimoiy siyosat boʻyicha vakili etib tayinlangan[6].
2023-yil 29-iyulda Olga tashabbusi bilan Belarus ommaviy axborot vositalari „Biz gʻamxoʻrlik qilamiz!“ (belaruscha: Нам не ўсё адно!) birdamlik marafoni tashkil etilgan. Marafondan koʻzlangan maqsad belaruslik siyosiy mahbuslar va ularning oila aʼzolari uchun mablagʻ toʻplash boʻlgan. Marafon mobaynida 574 ming yevrodan ortiq mablagʻ yigʻilgan.
2023-yil 30-oktabrda Olga Gorbunova boshchiligidagi ijtimoiy siyosat delegatsiyasi „Yagona darcha“ axborot-maslahat xizmatini ishga tushirgan, u yerda belaruslar bepul yuridik, tibbiy, psixologik va moliyaviy yordam soʻrovlarini yuborishlari mumkin[7].
Siyosiy taʼqiblar
tahrir2020-yil sentabrida Gorbunova 9-avgust kuni Belarusda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlaridan keyin Minskda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlarida bir necha bor hibsga olingan. 19-sentyabr kuni Olga politsiya boʻlimidan ozod qilingan. 26-sentabr kuni u yana hibsga olingan va sudgacha tergov izolyatorlarida saqlangan. 28-sentabr kuni unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 23.34-moddasi („Yigʻilish, miting, koʻcha yurishi, namoyish, piket yoki boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish“) bilan 20 asosiy birlik miqdorida jarima solingan[5].
2021-yil 9-noyabrda Gorbunova Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 342-moddasi („Tashkil etish yoki faol ishtirok etish“) ni buzganlikda ayblanib, Minsk shahar ijroiya qoʻmitasining markaziy ichki ishlar boshqarmasi („Akrestina“ nomi bilan mashhur) tomonidan vaqtincha hibsga olingan[8]. Olga Aleksandrovna bu yerdagi hibs va kamera sharoitlariga norozilik bildirib, deyarli ikki hafta davomida ochlik eʼlon qilgan[9]. U tergov izolyatori maʼmuriyati uni matras, kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlab, posilka olish taqiqini olib tashlagach, ochlik eʼlon qilishni toʻxtatgan[10].
2022-yil 5-may kuni Sovetskiy tuman sudida ish boʻyicha sud muhokamasi boshlangan. 6 may kuni sud Olga Gorbunovani Jinoyat kodeksining 1-qismida koʻrsatilgan jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzuvchi harakatlarni tashkil etish va tayyorlashda aybdor deb topgan[11]. Jinoyat kodeksining 342-moddasiga koʻra, uch yil muddatga ochiq muassasaga yuborilmasdan ozodlikni cheklash bilan jazolangan. Faol sud zalida hibsdan ozod qilingan.
2022-yil avgust oyida Olga Gorbunova Belarusni tark etgan[12].
2022-yil 4-noyabrda Belarus Ichki ishlar vazirligi Olga Gorbunovani „Ekstremistik faoliyatda ishtirok etgan shaxslar roʻyxati“ga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
tahrir2018-yilda „Imena“ jurnaliga bergan intervyusida Olga oiladagi zoʻravonlik mavzusi shaxsan unga taʼsir qilganini aytib oʻtgan[13].
Mukofotlari
tahrir2022-yilda Gorbunova xavf ostida boʻlgan huquq himoyachilari uchun moʻljallangan „Front Line Defenders“ mukofoti bilan taqdirlagan. Gorbunova 2022-yil 27-maydagi soʻnggi taqdirlash marosimida Belarusda yashaganligi sababli, mukofot eʼlon qilinishi xavfsizlik nuqtai nazaridan 2022-yil dekabrigacha qoldirilgan. 9-dekabr kuni Vilnyusda mukofotning rasmiy taqdimoti boʻlib oʻtgan. „Front Line Defenders“ mukofotini topshirgan jamgʻarma rasmiysi Andrew Andersonning aytishicha, Gorbunova bu mukofotni Belarusda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish uchun olib borgan kurashi natijasida qoʻlga kiritgan[14].
Ijodi
tahrir2021-yil mart oyida Minskda „WOMAN“ filmi (rejissyor Anastasiya Mikova va Yann Artus-Bertran) chiqadi. Filmni suratga olishda 6 nafar belaruslik ayol, jumladan Olga Gorbunova ishtirok etgan[15]. Bu haqda „Euroradio“ internet portaliga gapirib, Olga Aleksandrovna ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha bunday loyihalarning muhimligini taʼkidlagan[15].
Manbalar
tahrir- ↑ Долгая. „«Без ее поддержки я бы не выжила». Кто такая Ольга Горбунова, которую обвиняют в организации женских маршей“ (ru-RU). REFORM.by (2021-yil 25-noyabr). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ Вероника Уласевич. „Чтобы рука не поднималась: В стране обсуждается концепция законопроекта «О противодействии домашнему насилию»“ (ru). Рэспубліка (2018-yil 17-iyul). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ Елена Данейко. „Нужен ли Беларуси закон о противодействии домашнему насилию?“ (ru). Deutsche Welle (2018-yil 18-oktyabr). 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „«Я танцую, потому что выжила»: Беларусь впервые приняла участие в международной акции One Billion Rising“ (ru). MAKEOUT — Журнал про гендер и сексуальность. 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Facebook“. www.facebook.com. 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ admin. „Ольга Горбунова – представительница по социальным вопросам Объединённого Переходного Кабинета Беларуси“ (ru-RU). Светлана Тихановская (2022-yil 26-dekabr). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ admin. „Куда обращаться за помощью? Начала работу служба «Одно окно»“ (ru-RU). Светлана Тихановская (2023-yil 30-oktyabr). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ „Заява праваабарончых арганізацый Беларусі аб прызнанні 18 палітвязняў“ (be). spring96.org (2021-yil 11-noyabr). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ Арлова. „Вольга Гарбунова: Салідарнасць — гэта тое, чаго не хапала гэтай краіне доўгі час і не хапае зараз“ (be). Новы Час (2022-yil 20-iyun). 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ „Volha Harbunova“ (en-GB). Index on Censorship. 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ „Активистку Ольгу Горбунову наказали тремя годами "домашней химии" и освободили из-под стражи“ (ru). spring96.org (2022-yil 6-may). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ „Осужденная на 3 года химии бывшая руководительница «Радиславы» Ольга Горбунова уехала из Беларуси“ (ru). Медиазона Беларусь. 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ Нина Шулякова. „«Подкидывали наркоту, выслеживали жертв». Как минское Убежище 15 лет прячет женщин, пока насильники на свободе“ (ru). Имена (2018-yil 26-aprel). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ „Volha Harbunova of Belarus receives Front Line Defenders Award“ (en). Front Line Defenders (2022-yil 9-dekabr). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ 15,0 15,1 „6 из 2000: женщины из Беларуси рассказали свои истории для документалки WOMAN“ (ru). euroradio.fm. 2023-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.