Olimjon Sarimsoqov
Olimjon Sharipjanovich Sarimsakov (1963-yil 16-oktyabr, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Olimjon Sharipjonovich Sarimsoqov | |
---|---|
Tavalludi |
16-oktyabr 1963-yil Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | muhandis-mexanik |
Sohasi | sanoat |
Taʼlimi | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari | Oʻrta maxsus taʼlim aʼlochisi |
Biografiyasi
tahrirOlimjon Sarimsakov 1963-yil 16-oktyabr Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olgan. 1986—1988-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali kichik ilmiy xodimi, 1988—1991-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti aspiranti, 1992—1993-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti assistenti, 1993—1995-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti ilmiy kengash kotibi, 1995—1996-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti Marketing va buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti, 1996—1999-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisod fakulteti dekani oʻrinbosari, 1999—2000-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 2000—2006-yillarda Uchqoʻrgʻon iqtisodiyot kolleji direktori, 2006—2009-yillarda Namangan viloyati oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi oʻquv tarbiya jarayonlariga ilmiy-metodik rahbarlik qilish boʻlimi boshligʻi, kadrlar tayyorlash va ularning mehnatidan foydalanish monitoringini olib borish boʻlimi guruh rahbari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, 2009—2012-yillarda Namangan viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2012—2017-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Namangan muhandislik-texnologiya instituti Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri, professori. 2023-yildan Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Toʻqimachilik mashinalari fakulteti dekani. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2017-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy va 12 ta oʻquv-uslubiy ishlar, 3 ta monografiya muallifi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.