Olimpiya stadioni (Rim)
Olimpiya stadioni (ital. Stadio Olimpico) — Rim shahrida joylashgan futbol stadioni. «Italiya forumi» sport majmuasining tarkibiga kiradi. Italiya Milliy Olimpiya qo'mitasiga tegishli. Oʻyingoh Rimning ikkita futbol klubining uy arenasi hisoblanadi: Roma va Lazio.
Joyi | Rim, Italiya |
---|---|
Asos solingan | 1928-yil |
Qachon ochilgan | 1937-yil |
Qachon kengaytirilgan | 1990-yil |
Egasi | Italiya milliy olimpiya qoʻmitasi |
Meʼmor |
Enrico Del Debbio (1927) Luigi Moretti (1932) Annibale Vitellozzi (1953 va 1990) Maurizio Clerici (1990)[1] |
Hajmi | 72.700 |
Maydon oʻlchami | 105m × 68m |
Maydon egalari | |
Regbi boʻyicha Italiya terma jamoasi, Roma, Lazio |
Asosiy maʼlumotlar
tahrir1968- va 1980-yilgi Yevropa chempionatlari final oʻyinlari (2020-yilgi Yevropa chempionatininh guruh bosqichida 3 ta oʻyin va pley-offda 1 ta oʻyin boʻlib oʻtdi), shuningdek, 1990-yilgi Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan.
Stadion 4 marta (1977, 1984, 1996, 2009) Yevropa kubogi/UEFA Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan.
Rim Olimpiya stadionidan ko'ra Yevropa asosiy turnirining finaliga Londonning Uembli stadioni koʻproq mezbonlik qilgan - 7 marta (1963, 1968, 1971, 1978, 1992, 2011, 2013).
Olimpiya stadioni faqat sport turlariga moslanganiga qaramay, musiqiy konsertlar ham boʻlib turadi. Xususan, 1998-yil 6-iyunda Claudio Baglionining konserti bo'lib o'tadi, bu konsert hanuzgacha Olimpikoda jami 100 000 dan ortiq tomoshabin yigʻilgani munosabati bilan rekord oʻrnatgan, bunda yordam bergan omil sahna stadionning markazida joylashgani va tomoshabinlar sahna atrofiga oʻrnatilgan o'rindiqlarda oʻtirgani bilan izohlanadi[2].
Tribunalar
tahrirStadionning hozirgi sig'imi 72.698 bo'lib, quyidagicha taqsimlangan[3]:
- Tribuna Monte Mario – 16,555
- Tribuna Tevere – 16,397
- Distinti Sud Ovest – 5,747
- Distinti Sud Est – 5,637
- Distinti Nord Ovest – 5,769
- Distinti Nord Est – 5,597
- Curva Sud – 8,486
- Curva Nord – 8,520
Oʻtkazilgan musobaqalar
tahrir- 1960-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari
- 1968-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati
- 1974-yil Yengil atletika bo'yicha Yevropa chempionati
- 1975-yil yozgi Universiada
- 1977-yil Yevropa kubogi finali
- 1980-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati
- 1984-yil Yevropa kubogi finali
- 1987-yil yengil atletika bo'yicha jahon chempionati
- 1990-yilgi Jahon chempionati
- 1996-yil UEFA Chempionlar Ligasi finali
- 2001-yil yozgi Deaflimpiya o'yinlari
- 2009-yil UEFA Chempionlar Ligasi finali
- 2020-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati
Mashhur xalqaro futbol musobaqalari
tahrirFutbol boʻyicha Yevropa chempionati 1968
tahrirStadion Euro-1968 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda uchta o'yin o'tkazilgan.
Sana | Vaqt (UTC+02 boʻyicha) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Bosqich | Tashrif |
---|---|---|---|---|---|---|
8-iyun 1968 | 15:00 | Angliya | 2–0 | SSSR | Uchinchi oʻrin uchun bahs | 68,817 |
21:15 | Italiya | 1–1 | Yugoslaviya | Final | 68,817 | |
10-iyun 1968 | 21:15 | Italiya | 2–0 | Yugoslaviya | Qaytadan final | 32,886 |
Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980
tahrirStadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.
Sana | Vaqt (UTC+02 boʻyicha) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Bosqich | Tashrif |
---|---|---|---|---|---|---|
11-iyun 1980 | 17:45 | Chexoslovakiya | 0–1 | GDR | Guruh 1 | 10,500 |
14-iyun 1980 | 20:30 | Gretsiya | 1–3 | Chexoslovakiya | 7,614 | |
18-iyun 1980 | 20:30 | Italiya | 0–0 | Belgiya | Guruh 2 | 42,318 |
22-iyun 1980 | 20:30 | Belgiya | 1–2 | GDR | Final | 47,860 |
Futbol boʻyicha Jahon chempionati 1990
tahrirStadion 1990-yilgi Jahon chempionati o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda oltita o'yin o'tkazilgan.
Sana | Vaqt (UTC+02 boʻyicha) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Bosqich | Tashrif |
---|---|---|---|---|---|---|
9-iyun 1990 | 21:00 | Italiya | 1–0 | Avstriya | Guruh A | 73,303 |
14-iyun 1990 | 1–0 | AQSh | 73,423 | |||
19-iyun 1990 | 2–0 | Chexoslovakiya | 73,303 | |||
25-iyun 1990 | 2–0 | Urugvay | 1/16 final | 73,303 | ||
30-iyun 1990 | Irlandiya | 0–1 | Italiya | Chorak final | 73,303 | |
8-iyul 1990 | 20:00 | GDR | 1–0 | Argentina | Final | 73,603 |
Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980
tahrirStadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.
Sana | Vaqt (UTC+02 boʻyicha) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Bosqich | Tashrif |
---|---|---|---|---|---|---|
11-iyun 2021 | 21:00 | Turkiya | 0–3 | Italiya | Guruh A | 12,916 |
16-iyun 2021 | Italiya | 3–0 | Shveysariya | 12,445 | ||
20-iyun 2021 | 18:00 | 1–0 | Uels | 11,541 | ||
3-iyul 2021 | 21:00 | Ukraina | 0–4 | Angliya | Chorak final | 11,880 |
Manbalar
tahrir- ↑ „worldstadiums.com“.
- ↑ „"Tutto Baglioni in concerto"“. CORRIERE (21-may 2015-yil).
- ↑ „"Stadio Olimpico – nuove tecniche di safety & security"“. VIGILI DEL FUOCO (15-iyul 2009-yil). 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.