Olmachi koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumanining „Olmachi“ mahallasi hududida. Mustaqillik va Parkent koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

Olmachi koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 2 km
Koʻchada joylashgan binolar Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi, fuqarolar sudi, ichki ishlar boshqarmasi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti
Toshkent arxitektura va qurilish instituti arxitektura va qurilish fakulteti

XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. 1997-yil 18-dekabrda joyning tarixiy nomi sifatida Olmachi nomi berilgan. Tarkibida 6 ta tor va 5 ta berk koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida tuman prokuraturasi, tuman fuqarolar sudi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, „Tumangaz“, Toshkent kimyo-texnologiya instituti noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti arxitektura va qurilish fakulteti, „Kapitalbank“ filiali, Mudofaaga koʻmaklashuvchi „Vatanparvar“ tashkiloti, dorixonalar, 128-bogʻcha, 71-maktab, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Mirzo Ulugʻbek tuman hokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, „Buyuk Ipak yoʻli“ va „Pushkin“ metro bekatlari bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.