Olmosxon (Oʻlmasxon) Otabekova (1922-yil, Turkiston ASSR Fargʻona viloyati — 1987-yil, Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon tumani) — sovet qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).

Olmosxon Otabekova
Tavalludi 1922-yil
Vafoti 1987-yil
Jalolobod viloyati Bozorqo'rg'on tumani
Fuqaroligi SSSR
Kasbi paxtakor
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni
Oktabr Inqilobi ordeni
Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni
„Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Biografiyasi

tahrir

Olmosxon Otabekova 1922-yilda Turkiston ASSR Fargʻona viloyati (hozirgi Oʻsh viloyati) hududida tavallud topgan.

Komsomolchi Olmasxon Otabekova 1944-yil boshida Bozorqo‘rg‘on tuman komsomol qo‘mitasi kotibi bo‘lib faoliyat olib borgan. 1944—1953-yillarda paxtachilik brigadasi boʻlim boshligʻi, 1953-yilda Lenin tumanidagi „Frunze“ kolxoz xoʻjaligi rahbari etib tayinlanadi. Otabekova rahbarlik qiladigan kolxoz qishloq xoʻjaligining yetakchilaridan biriga aylanadi, ekin maydonlari ikki barobarga, chorva mollari 78 foizga, sut ishlab chiqarish 5 barobarga, mayin tolali jun ishlab chiqarish 2 barobarga oshadi. Paxta maydonlaridan jami 24,9 tonna paxta hosili olinadi.

Keyinchalik Otabekova qishloq xoʻjaligi yosh staxanovitlarining viloyat mitingida soʻzga chiqib, oʻz lavozimidan ozod qilinishini va yoshlarni dala mehnatiga jalb qilinishini soʻraydi. Shundan soʻng Otabekova „Qizil Oy“ kolxozi xizmatiga yoʻnaltirilib, unga reja boʻyicha har gektardan 9.5 sentnerdan paxta olish topshirigʻi yukatiladi, Otabekova esa yerning har gektaridan 43 sentnerdan paxta hosili olishga erishib, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.

Otabekova mehnat faoliyati davomida ikki marta SSSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.

Mukofotlari

tahrir

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qand lavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni keng qo‘llashda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Oʻlmasxon Otabekova Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Oktabr Inqilobi ordeni, Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordenlari, shuningdek, koʻplab boshqa medallar bilan taqdirlangan[1].

Xotira

tahrir

2002-yilda Otabekova xotirasiga bagʻishlangan Qirgʻiziston pochta markasi chiqariladi[2]. Shuningdek, Pomir togʻ choʻqqilaridan biri Otabekova nomi bilan ataladi.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir