Oltiariqsoy
Oltiariqsoy — Fargʻona viloyatidagi soy. Shohimardonsoyning chap tarmogʻi. Uzunligi 30 km. Vodil qishlogʻi yonida Shohimardonsoydan ajralib chiqib, gʻarbiy yoʻnalishda adirlar ortidagi tekislik boʻylab oqadi. Yoʻl-yoʻlakay Chimyon va Xonqiz qishloqlaridan bir qancha buloklar suvi kelib qoʻshiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,2 m³/sek. Fargʻona va Oltiariq tumanlarining ekin maydonlarini sugʻoradi.[1]
Oltiariqsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 30 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |