Omar al-Hassi (arabcha: عمر الحاسي) Benghazi universitetidagi Liviya siyosati boʻyicha professor. U Tripolidagi Bosh Milliy Kengash boshchiligidagi Milliy Najot Hukumati (National Salvation Government) Bosh Vaziri boʻlgan[1].

Omar al-Hassi
عمر الحاسي
Liviya Bosh Vaziri
Mansab davri
6-sentyabr 2014-yil – 31-mart 2015-yil
Prezident Nouri Abusahmain
Oʻtmishdoshi Abdullah al-Thani
Vorisi Xalifa al-Ghawil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1959 (yoshi 64–65)

Tarjimai hol

tahrir

Omar al-Hassi 1959-yil 30-martda Liviyaning Benghazi shahrida tugʻilgan. U Sharqiy Liviyadagi kuchli qabilalardan biri hisoblangan Hassa qabilasi (قبيلة الحاسة) aʼzosi. U Benghazi universitetida strategik rejalashtirish boʻyicha professor va The Middle East and Mediterranean Peace Research instituti prezidenti hisoblanadi[2].

Al-Hassi 2014-yil 29-aprelda Liviya parlamentida oʻtkazilgan bosh vazirlik uchun boʻlgan saylovning birinchi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo jarayon keyinchalik Oliy Sud tomonidan noqonuniy deb topiladi. U 29-aprelda, yaʼni saylovning 2-boshqichida Ahmed Maiteeq bilan raqobatlashmoqchi boʻlib tugan paytda parlamentga ovoz berish jarayonini oldini olish maqsadida qurolli shaxslar bostirib kiradi[3]. Keyin al-Hassi 2014-yil 6-sentabrdan 2015-yil 31-martgacha gʻarbiy Milliy Najot Hukumatining Bosh vaziri lavozimida ishlaydi.

2015-yil 31-martda al-Hassi Bosh Vazirlik lavozimini tark etadi[4]. Lekin Al-Hassi u noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilayotganligi sababli chiqarilgan qarorni qabul qilish-qilmaslikni hal qilishdan oldin o'zini qoʻllab-quvvatlagan qurolli guruhlar („inqilobiy sheriklari“) bilan maslahatlashishini aytib oʻtadi[5].

Post prime minister position

tahrir

2016-yil 1-dekabrda u Inqilobiy oliy kengash tuzilganligini eʼlon qiladi[6][7].

2018-yil 12-may kuni al-Hassi doktor Mahmoud Refaat bilan Liviyada tinchlik uchun xalqaro harakat guruhiga asos solgan[8]. Bu siyosiy va huquqiy guruh Tunis davlati poytaxti Tunisda tuzilgan. Shuningdek, bu guruh asosan liviyalik siyosatchilar va xalqaro huquq ekspertlaridan iborat boʻlib, vazifasi Liviyada urush jinoyatlarni sodir etganlarni sudga berish hisoblanadi[9].

Manbalar

tahrir
  1. „Libya's ex-parliament reconvenes, appoints Omar al-Hasi as PM“. Reuters. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  2. „Libya's Islamists: Who They Are - And What They Want“. Wilson Center (2017-yil 8-avgust).
  3. Ahmed Elumami, „Gunmen storm Libyan parliament, stop lawmakers' vote on next PM,“ Reuters (Apr 29, 2014). Retrieved 15.02.2015.
  4. Daragahi, Borzou. „Tripoli authority sacks prime minister“. Financial Times (2015-yil 31-mart). Qaraldi: 2015-yil 31-mart.
  5. Daragahi, Borzou. „Head of Libya’s Islamist-backed government rejects dismissal“. Financial Times (2015-yil 1-aprel). Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  6. „Former SG Prime Minster forms High Council of Revolution - The Libya Observer“. www.libyaobserver.ly.
  7. „High Council of Revolution founded to vie for power in Tripoli“ (2016-yil 1-dekabr).
  8. نت, صحافة 24 „أوكرانيا واليمن وليبيا.. ازدواجية المعايير " تقرير"“. صحافة 24 نت. Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  9. „International Group to sue two UN envoys to Libya at the ICC | The Libya Observer“ (en). www.libyaobserver.ly. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
Siyosiy idoralar
Oldingisi Liviya Bosh Vaziri
2014–2015
Keyingisi