Omon Hamdamov
Omon Sultonovich Hamdamov (tojikcha: Амон Ҳамдамов; 1918-yil 5-may, Samarqand, Turkiston ASSR, hozirgi Oʻzbekiston – 2003-yil 15-dekabr, Dushanbe, Tojikiston) – tojik bastakori, dirijyor va oʻqituvchi. Tojikiston SSR xalq artisti (1978).
Omon Hamdamov | |
---|---|
Tavalludi |
tojikcha: Амон Ҳамдамов 5-may 1918-yil |
Vafoti |
15-dekabr 2003-yil Dushanbe Tojikiston |
Kasbi | bastakor, drijyor |
Fuqaroligi | SSSR - Tojikiston |
Hayoti
tahrirOmon Sultonovich Hamdamov 1918-yil 5-mayda Samarqandda tugʻilgan. 1941–1945-yillardagi JBV ishtirokchisi. Musiqa maktabini (1940), Stalinobod shahar musiqa bilim yurtini (hozirgi – Dushanbe, 1952), P. I. Chaykovskiy nomidagi Davlat konservatoriyasini (Moskva, 1958) tugatgan. 15 yoshidan Samarqand yahudiy teatri badiiy truppasining solisti (1933–1935), Tojikiston A.Lohutiy nomidagi musiqali drama teatri direktori (1935–1938), teatrning konsertmeyster bo'lib faoliyat yuritgan. Tojik xalq musiqa orkestri a'zosi (1938–1941). Davlat musiqa akademiyasini tugatgach, xalq cholgʻu asboblari orkestri dirijyori (1947–62, 1979), M. Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat instituti dotsenti (1979–1999). Moskvadagi tojik adabiyoti va sanʼatining uch dekadasi ishtirokchisi (1941, 1949, 1957), Tojikiston kompozitorlari ittifoqi raisi oʻrinbosari (1968–1981). Pyesa, romans va qoʻshiqlarga musiqa yozgan (jami 150 dan ortiq), tojik xalq kuylarini moslashtirish ustida ishlagan. 1947–1991-yillarda KPSS aʼzoligiga kirgan.
Ijodi
tahrirHamdamov 150 ga yaqin turli asarlar muallifi: qoʻshiqlar
„Komsomol“ (Abdu Jabbor Qahhoriy sheʼri, 1949),
„Senga oshiq boʻldim“, (Nosirjon Maʼsumiy sheʼri, 1950),
Suite „Yovvoyi shabada“,
„Arzigulik umr“ (Fayzulla Ansoriy sheʼri, 1950; 1951) va boshqalar.
Mukofotlari
tahrirOmon Hamdamov 1941-yil – „Mehnatda o'rnak ko'rsatganlik uchun“ medali[1], 1957-yil – „Hurmat belgisi“ ordeni[2], 1968-yil – Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1978-yil – Tojikiston SSR xalq artisti unvoni mukofotlari bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Каталог“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
- ↑ „Каталог“. 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
- ↑ Аслҳо ва наслҳо. - Душанбе, 1988. – С. 141.