Ona (roman)
Ona — Maksim Gorkiy tomonidan 1906–yilda AQShdagi sayohati davomida yozilgan roman[1]. Gorkiy oʻzining ushbu romanini eng omadsiz asarlaridan biri deb hisoblagan. Chunki zamonaviy tanqidchilar koʻpincha uni tanqid qilishgan, badiiy kamchiliklarini koʻrsatishgan, shu bilan bir qatorda uni Gorkiyning inqilobdan oldingi romanlari ichida eng muhimi deb ham atashgan. Roman esa hali hamon yozuvchining eng mashhur asarlaridan biri boʻlib kelmoqda.
Ona | |
---|---|
Мать | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | roman |
Muallif | Maksim Gorkiy |
Orginal tili | ruscha |
Yozilgan sana | 1906 |
Nashriyot | Appletonʼs Magazine |
Ona (roman) |
Syujeti
tahrirVoqeada Rossiya qishlogʻi ishchilarining 20-asr boshlaridagi hayot yoʻli tasvirlangan. Pelageya Nilovnaning oʻgʻli Pavel Vlasov ichishni tashlab shahardan olib kelingan kitoblarni oʻqiy boshlaydi. Keyinchalik atrofiga oʻzi kabi ichkilikni tashlagan doʻstlarini yigʻadi. Vlasovning doʻstlari orasida sotsialistik internatsionalizm gʻoyalarini targʻib qiluvchi ukrainalik Andrey Naxodkani va qarashlari Pavelning qarashlaridan farq qiladigan dehqon Mixail Ribin ham bor edi (Richard Friborn uni anarxist deb ataydi)[2]. Zavodda ishchilarning ogʻir ahvoli haqida varaqalar paydo boʻladi. Pavelning onasi avvaliga uning bu faoliyati bilan faxrlanadi, ammo keyinchalik bundan qo'rqishni boshlaydi. Uyda tintuv oʻtkaziladi, lekin hech narsa topilmaydi. Pavelning doʻstlaridan biri Andrey hibsga olinadi. Zavod ish haqidan ushlab qolishni joriy qiladi. Pavel norozilik namoyishini uyushtirishga harakat qiladi, biroq ishchilar unga ergashishmaydi va uning oʻzi ham boshqalar singari hibsga olinadi. Pelageya Nilovna endi varaqalarni oʻzi yetkazib berishni boshlaydi.
Pavel va Andrey qamoqdan chiqib 1-may namoyishni uyushtiradi. Namoyishchilar rasmiylar tomonidan tarqatib yuborilgach, ikkalasi ham yana hibsga olinadi. Pelageya Nilovna esa tashviqot ishlarini davom ettiradi va oʻgʻli bilan ham koʻrishib turadi. Pavelning qamoqdan qochishi uchun yordam berishga harakat qiladi, lekin Pavel buni rad etadi.
Sud jarayoni boʻlib oʻtadi, uning natijasida barcha ayblanuvchilar manzillariga yuboriladi. Pelageya Nilovna varaqalarni boshqa shaharga yetkazib berish uchun maxfiy tashkilot tomonidan yollanadi. Vokzalda bir odam unga biroz tanish koʻrinadi, keyinroq uni sud va qamoqxonada koʻrganini eslaydi. Ona ishlari fosh qilinganini tushunadi.
Yaratilish tarixi
tahrirRoman 1906–yilda Rossiyada davom etayotgan inqilob vaqtida yozuvchining Amerika Qoʻshma Shtatlariga safari chogʻida yozilgan va keyinchalik muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Muallif bu asarda inqilobiy ruhni qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlgani va uni „targʻibot maqsadida“ yozganini tan olgan. Bosh qahramon Pavel Vlasovning prototipi inqilobiy ruhga ega ishchi Pyotr Zalomov boʻlib, kitobda tasvirlangan voqealar 1902-yildagi 1-may Sormovo namoyishi voqealariga asoslangan. Gorkiy asarning davomini yozishni ham maqsad qilgan.
Zalomova Gorkiyning uzoq qarindoshi boʻlib, uni birinchi marta bolaligida, uyiga tashrif buyurganida koʻrgan. Bundan tashqari, Sormovo tumani Gorkiyning ona shahri Nijniy Novgorodda joylashgan[3].
Musiqada
tahrir1956-yilda Tixon Xrennikov roman syujeti asosida „Ona“ operasini yozgan. Premyera esa katta teatrida namoyish etilgan.
Manbalar
tahrirOna (roman) haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- ↑ „ГОРЬКИЙ“ (ru). Православная энциклопедия. 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-aprel.
- ↑ The Russian Revolutionary Novel: Turgenev to Pasternak (en). Cambridge University Press, 1985. 0521317371.
- ↑ Encyclopedia of the World Novel, Companion to literature. Infobase Learning, 2015 — 1409-bet. 9781438140735.