Ophrys caucasica
Ophrys caucasica janubi-sharqiy Yevropadan Kavkaz orqali Erongacha boʻlgan hududlarda tarqalgan orkide oʻsimliklarining ostki turi. Ophrys caucasica sifatida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Rossiyaning koʻplab hududlarida qayd etilgan[2][3]. Shuningdek bir qator ahalliy nomlarga ham ega, jumladan, armancha: Սարդակիր Մեղվակիր, ozarbayjoncha: xarı-bülbül va gruzincha: ფუტკრის-დედა.
Biologik klassifikatsiya | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||
Roʻyxat
|
IUCN Qizil kitob roʻyxatiga koʻra, turning toifasi va holati „Yoʻqolib ketish xavfi ostida“ — EN (endangered) B1ab(iii)+2ab(iii)[iqtibos kerak].
Tavsifi
tahrirOʻsimlik hayotining turli bosqichlarida oq gulbarglari pushti rangga aylanadi, bu yerda turli xil ranglar (yashil, sariq, qizil va boshqalar) birlashadi. Bundan tashqari, gullarida turli naqshlar ham boʻladi[4]
Tarqarilish holati
tahrirOphrys caucasica butun dunyoda keng tarqalgan. Janubi-sharqiy Yevropaning Albaniya, Bolgariya, Sharqiy Frakiya, Gretsiya, Qrim, Ruminiya va sobiq Yugoslaviya hududlarida uchraydi. Gʻarbiy Osiyoda esa Krit, Kipr, Sharqiy Egey orollari, Eron, Iroq, Livan — Suriya, Falastin mintaqasi va Turkiyada keng tarqalgan. Bundan tashqari, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Kavkaz Ophrys caucasica oʻsimligining vatani hisoblanadi[1].
Mahalliy etimologiyasi
tahrirArman tilidagi oʻsimlikning asl nomi (sardakir mexvakir) uning asosiy changlatuvchilari, oʻrgimchaklar (sard) va asalarilar (mexu) hamda ularning oziq-ovqatlari (kir) soʻzlarining birlashmasidan hosil qilingan[iqtibos kerak].
Xara ozarbayjoncha qalin va yaltiroq matodir. Unda turli xil naqshlar mavjud boʻlib, turli burchaklardan qaralganda turfa xil rangda koʻrinadi. Ushbu xususiyati tufayli oʻsimlik oʻzining ozarbayjoncha nomini xameleon mato nomidan olgan. Ozarbayjoncha gulning nomi „xara bulbuli“ deb tarjima qilinadi. Xara soʻzining imlosi ozarbayjon tilidagi uygʻunlik qonuni talabi bilan xariga oʻzgargan[5].
Madaniy tadbirlardagi oʻrni
tahrir2014-yilda Rossiyadagi Ozarbayjonlar Federal Milliy Madaniy Avtonomiyasi tomonidan „Xari bulbul, tinchlik va muhabbat guli“ nomli koʻrgazma tashkil etilgan[6]. 2014-yil mart oyida Ophrys caucasica taqdimot marosimi Amerika Qoʻshma Shtatlari Botanika bogʻi konservatoriyasida boʻlib oʻtgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Ophrys sphegodes subsp. taurica (Aggeenko) Soó ex Niketic & Djordjevic“. Plants of the World Online. Royal Botanic Gardens, Kew. Retrieved 2023-12-13.
- ↑ „Studies on the botanical and ecological aspects of a rare species Ophrys caucasica from Azerbaijan (Orchidaceae)“ (2019-yil oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ „Georgian Biodiversity Database“. biodiversity-georgia.net. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ Huseyinoghlu. „"Xarı bülbül" adının mənası“. Axar (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
- ↑ „The meaning of the word Khari Bulbul“. Karabakh Foundation. 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
- ↑ „'Khari Bulbul - a flower of peace and love' exhibition due in Moscow“. Today.az (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
- ↑ Rajabova. „Karabakh's Khari Bulbul presented in U.S.“. Azernews (2014-yil 19-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
Havolalar
tahrir- Hari bulbul — tinchlik va sevgi guli
- Xari bulbul soʻzining maʼnosi (Wayback Machine saytida 2024-04-23 sanasida arxivlangan)