Aral samali (qoraqalpoqcha: «Aral Samali» No'kis futbol klubı/«Арал Самали» Нөкис футбол клубы) – Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida faoliyat koʻrsatgan sobiq oʻzbek va qoraqalpoq futbol klubi[1].

FC Aral samali
Toʻliq nomi Aral samali futbol klubi
Laqabi Orolliklar
Orol shamoli
Asos solingan 1976-yil
Tugatilgan 2022-yil
Turan stadioni
Sigʻimi 9.300
Bosh direktor Dauletmurod Bekmurodov
Bosh murabbiy Temur Turdiev
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Oʻrni 10-oʻrin

Aral samali yoki Orol shamoli jamoasi Qoraqalpogʻistondagi eng qadimgi va eng mashhur klubi hisoblanadi. Orol dengizi nomi bilan atalgan (Orol – qisqartirilgan nom)[2].

Tarixi

tahrir

Qoraqalpogʻistondagi birinchi futbol klubi 1976-yil Nukusda „Amudaryo“ (shahar va respublika hududidan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga) nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, u 1989-yilgacha shu nom ostida SSSR futbol musoboqalarida ishtirok etgan.

1976—1984-yillarda u SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etgan, ammo bu yillar davomida unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. SSSR Ikkinchi ligasidagi eng yaxshi yutugʻini 1978-yilda (14-oʻrin) qoʻlga kiritgan. 1984-yilda jamoa Ikkinchi liga turnir jadvalida soʻnggi, 20-oʻrinni egallaga va SSSR musoboqalarini tark etgan. Keyinchalik jamoa 1985—1989-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSR musobaqalarida oʻynashni davom ettirgan va Oʻzbekiston SSR chempionati va kubogida ishtirok etgan.

1990 va 1991-yilgi mavsumlarda u SSSR Ikkinchi quyi ligasida qatnashib, 10 va 11-oʻrinlarni egallagan. 1990-yilda klub „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha esa „Orol“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan[3].

SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991-yilning ikkinchi yarmida) Oʻzbekiston milliy chempionati 1992-yildan oʻtkazila boshlangan.

Oʻzbekiston oliy ligasining debyut mavsumida „Orol“ klubi ham mamlakatning 16 ta jamoasi qatori Oliy ligadan oʻrin olgan. Natijada Superliganing debyut mavsumida jamoa 14-oʻrinni egallagan[4]. 1994-yili „Orol“ klubi turnir jadvalida 15-oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketgan. Nukus klubi 1994-yilgi mavsumni qoʻshganda 3 mavsum davomida Oliy ligada ishtirok etgan va Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasida 1995-yildan 1999-yilgacha ishtirok etgan. 1999-yilgi mavsum Orol ligada 9-oʻrinni egallaganiga qaramay, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining har bir viloyatdan oliy ligada kamida bittadan jamoa boʻlishi toʻgʻrisidagi qarori va ligadagi jamoalarni oshirilishi sababli reglamentda koʻzda tutilmagan holda Oliy ligaga yoʻl olgan.

2000—2005-yillarda „Turon“ nomi ostida Oʻzbekiston musoboqalarida ishtirok etgan. 2000 va 2001-yilgi mavsumlarda Turan (Turon) nomi ostida Oliy ligada ishtirok etgan. Oliy ligaga qaytgan dastlabki mavsumida jamoa 15-oʻrinni egallagan. 2001-yilgi mavsumda klub tarkibi kuchsizlanishi sababli 17-oʻrinni egallagan va yana quyi ligaga tushib ketgan[5][6]. 2002-yilgi mavsumda jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasida 12-oʻrinni egallab oʻz oʻrnini saqlab qolganiga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2003-yilgi mavsumda jamoa birinchi ligadagi ishtirokini toʻxtatgan.

2003-yildan 2006-yilgacha klub moliyaviy qiyinchilik sababli Oʻzbekiston ikkinchi liga baxslari, Qoraqalpogʻiston mintaqaviy ligasida ishtirok etgan. 2006-yilda Nukus klubi Oʻzbekiston ikkinchi ligasining final bosqichi, oʻtish turnirida ishtirok etgan xolda Oʻzbekiston Birinchi ligasi yoʻllanma olgan. Professional ligaga toʻrt yillik tanafusdan keyin qaytgan jamoa 2007-yildan Jayhun nomi ostida Oʻzbekiston birinchi liga oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan. 2012-yildan 2019-yilgacha Orol nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 2020-yilgi mavsum klub nomi „Aral samali“ deb oʻzgartirilgan. 2022-yilgi mavsum soʻngida klub moliyaviy muammolar sababli[7][8][9] Oʻzbekiston Pro ligasidagi ishtirokini va professional klub sifatidagi faoliyatini toʻxtatgan[10][11].

2021-yilda jamoa Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etadi[12][13][14][15][16][17][18].

Nomlar oʻzgarishi

tahrir
1976—1989 Amudaryo Nukus
1989—1990 Aralvodstroevets
1991—1999 Orol Nukus
2000—2005 Turan (oʻzbekcha: Turon / Турон)
2006 NOZSK
2007—2011 Jayhun Nukus
2012—2019 Orol
2020—2022 Aral samali

Aral samali jamoasi haqida qiziqarli faktlar

tahrir

1. 1976-yili Nukusda „Amudaryo“ jamoasi tuzildi va shundan soʻng klubning nomi 6 marta oʻzgargan[19].

2. 1990-yili „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha „Orol“, 2000-yildan 2006-yilgacha „Turon“, 2006-yili „NOZK“, 2007-yili „Jayhun“ deb oʻzgargan boʻlsa, 2012-yildan 2020-yilgacha yana „Orol“ nomi ostida faoliyat yuritgan. 2020-yildan „Aral samali“ yoki „Orol Shamoli“ nomi ostida faoliyat olib borgan.

3. Nukusliklar 1992—1994 va 2000—2001-yillar mavsumida Oliy ligada harakat qilgan boʻlsa[20], 1995—1999 va 2002, 2007—2018 va 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan. 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston birinchi ligada o'ynagan. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi, mahalliy Qoraqalpogʻiston ligasida ishtirok etgan.

4. Klub 1976-yildan 1984-yilgacha va 1990—1991-yillar davomida Sovet Ittifoqining ikkinchi ligasida oʻynagan.

5. 1991-yili Nukus klubi Sovet Ittifoqining Ikkinchi ligasi 9-hududida 11-oʻrinni egallagan. Bu klubning Sobiq Ittifoq davridagi eng yaxshi natijasidir.

6. 1993-yili „Orol“ jamoasi Oliy ligada 11-oʻrin bilan chempionatni yakunlagan. Bu klubning chempionatdagi eng yuqori natijasidir[21][22][23].

7. „Orol“ning bugungi kundagi uy stadioni hisoblanadigan „Turon“ oʻz bagʻriga 9300 muxlisni sigʻdira oladi[24].

8. Nukusliklar Oliy liga doirasida „Paxtakor“ga qarshi oʻz maydonlarida kechgan 5 oʻyinning 3 tasida gʻalaba qozonishgan[6].

9. Rossiyaning „Kuban“ jamoasini bir necha yil boshqargan mashhur mutaxassis Vladimir Aleksandrovich Brajnikov 1982—1983-yillarda Nukusning „Amudaryo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan.

10. Oʻz vaqtida „Paxtakor“, „Buxoro“ va „Neftchi“ kabi jamoalar darvozalarini qoʻriqlab 2 marta Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Denis Ivankov faoliyatini 1990-yili „Orol“ jamoasida boshlagan.

11. „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiy Ravshan Haydarov futbolchilik faoliyatida 1988—1989-yillar davomida Nukusning „Aralvodstroevets“ jamoasi safida 72 oʻyinda 10 ta golga mualliflik qilgan.

12. Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Lobanov 2011-yili Nukusning „Jayhun“ jamoasi tarkibida Birinchi ligada toʻp surgan.

13. Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan mashhur darvozabon Berdax Allaniyazov 1991—1994 va 2000-yili nukusliklar sharafini Oliy ligada himoya qilgan. Berdax terma jamoa tarkibida 8 oʻyin oʻtkazgan.

14. Qoraqalpoq futboli faxri hisoblanadigan Neʼmatullo Quttiboyev „Orol“ jamoasi safida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 37 ta gol urgan.

15. Nematullo Quttiboev Oʻzbekiston terma jamoasida eng koʻp gol urgan qoraqalpogʻistonlik futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 14 oʻyinda 5 ta golga mualliflik qilgan[25].

Mahalliy musobaqalar

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin Y D M UG OʻG O Futbolchi gol
1992 Oʻzbekiston Oliy ligasi
1993
1994
1995 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
1996
1997
1998
1999
2000 Oʻzbekiston Oliy ligasi
2001
2002 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
2003 Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi
2004
2005
2006
2007 Oʻzbekiston Pro ligasi
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019 Oʻzbekiston Birinchi ligasi 3 20 10 3 7 34 34 33 Ikkinchi bosqich
2020 Oʻzbekiston Birinchi ligasi 8 17 7 4 6 33 29 38 Ishtirok etmagan   Navroʻz Alimov 11  
2021 Oʻzbekiston Pro ligasi 8 20 3 6 11 21 27 15 Guruh bsoqichi   Navroʻz Alimov 6  
2022 10 26 4 2 20 15 97 14 Ikkinchi bosqich   Arislan Yusupbaev

  Norxon Sheripov

  Mahset Kalbaev

3  

Klub ramzlari

tahrir

Stadion

tahrir

Jamoaning uy arenasi 9300 tomoshabinga moʻljallangan "Turon" stadionidir.

Yutuqlar

tahrir

Joriy tarkibi

tahrir
2023-yil 31-mart holatiga[26].
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Aybek Shamshetov[27]
12   UZB DR Omirbek Primbetov[28]
1   UZB DR Sharapat Bekimbetov[29]
13   UZB DR Ulugʻbek Bekboʻsinov[30]
12   UZB HM Ulug‘bek Yangiboyev[31]
16   UZB HM Yembergen Jumaboyev[32]
13   UZB HM Ajiniyaz Tureniyazov[33]
23   UZB HM Aydos Allambergenov[34]
25   UZB HM Foziljon Sobirov[35]
18   UZB YH Islam Seytnazarov[36]
17   UZB YH Jamshid Boranbayev[37]
20   UZB YH Jamshid Gulmirzayev[38]
21   UZB YH Mirjalol Qurbonov[39]
13   UZB YH Quanish Bazarbayev[40]
14   UZB YH Ruslanbek Menlimuratov[41]
5   UZB YH Temur Masharipov[42]
13   UZB YH Albert Sdikov[43]
10   UZB YH Azamat Ilyasov[44]
14   UZB YH Baurjan Keunimjayev[45]
Amplua Futbolchi
77   UZB HJ Yerbol Seytnazarov[46]
24   UZB HJ Erkinbay Jametov[47]
24   UZB HJ Jasur Tojiboyev[48]
96   UZB HJ Javlon Primbetov[49]
8   UZB HJ Miras Karlibayev[50]
22   UZB HJ Mirjalol Qosimov[51]
23   UZB HJ Miyirbek Qalmurzayev[52]
30   UZB HJ Murod Mambetov[53]
12   UZB HJ Norxon Sheripov[54]
4   UZB HJ Rasul Musayev[55]
6   UZB HJ Sunnatillo Mamadaliyev[56]
27   UZB HJ Zulpuqar Kuanishbayev[57]
99   UZB HJ Amir Abdirizayev[58]
10   UZB HJ Arislan Yusupbayev[59]
11   UZB HJ Aybek Roʻzimov[60]
7   UZB HJ Azamat Bobojonov[61]
7   UZB HJ Marlen Tugelbayev[62]
88   UZB HJ Maxset Kalbayev[63]
10   UZB HJ Navro‘z Alimov[64]

Bosh murabbiylar

tahrir
Yillar Bosh murabbiy
1976-yil Maʼlumot yoʻq
1977-yil Artyom Falyan
1978-yil Vitaliy Vitkalov
1979-yil Yakov Kaprov
1980—1981-yillar Maʼlumot yoʻq
1982—1983-yillar Vladimir Brajnikov
1984-yil Akmal Azizxoʻjayev
1985—1989-yillar Maʼlumot yoʻq
1990—1993-yillar Jangabay Buranov
1994—2009-yillar Aniq maʼlumotlar yoʻq
2010—2016 Nematullo Quttiboev
2016—2017-yillar Timur Turdiev
2018 - hozirgi kungacha ichida. Quvvat Tureev[65]
2021—2022 Timur Turdiev

Jamoada toʻp surgan mashhur futbolchilar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. https://int.soccerway.com/teams/uzbekistan/jaykhun-nukus/
  2. „Қорақалпоқ футболи ҳақида қизиқарли маълумотлар“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  3. „Узбекистан - Таблиця дат заснування“. 20 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 травня 2016.
  4. Uzbekistan – List of Foundation Dates
  5. Uzbekistan – List of Name Changes – RSSSF
  6. 6,0 6,1 „“Орол” Олий лигада қандай иштирок этган?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  7. „"Арал Самали" лойиҳаси бир йилга ҳам етмадими? Қорақалпоғистонга катта футбол керак эмасми?“ (2021-yil 6-oktyabr).
  8. „Эшитдик-да! "Арал Самали" Янгиерга бормайди“ (2022-yil 15-noyabr).
  9. „ФИФА "Арал Самали"га нисбатан трансфер тақиқи тайинлади“ (2022-yil 8-oktyabr).
  10. „“Орол” ХХI асрнинг биринчи ўн йиллигида Биринчи лигада қандай иштирок этди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  11. „“Орол” охирги йилларда Биринчи лигада қандай иштирок этди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  12. „Aral“, g. Nukus
  13. FC Aral Nukus matches and results
  14. https://championat.asia/uz/news/tanishing-aral-samali-2021-[sayt ishlamaydi]
  15. „"Орол" биринчи даврани қандай ўтказди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  16. „"Орол"нинг ушбу мавсумдаги натижалари ҳақида фактлар“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  17. „Наврўздан Наврўзгача. Охирги 4 йилда “Орол”да энг кўп гол урган 10 футболчи“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  18. „Охирги 7 йилда қорақалпоғистонлик футболчилар олий лигада нечта гол уришди?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  19. „"Арал Самали" лойиҳаси бир йилга ҳам етмадими? Қорақалпоғистонга катта футбол керак эмасми?“. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  20. „1:7 va "Orol"ning oliy ligadagi boshqa eng yirik mag'lubiyatlari“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  21. „"Орол"нинг олий лигадаги севимли рақиблари ТОП-5“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  22. „"Орол"нинг олий лигадаги энг қийин рақиблари ТОП-5“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  23. „“Орол” Ўзбекистон кубокларида қандай иштирок этган?“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  24. „"Орол" ҳозир қайси стадионда ўйнамоқда? ФОТО“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  25. „Qoraqalpoq futboli haqida qiziqarli malumotlar“ (14 noy 2017). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  26. "Танишинг Арал Самали-2021"
  27. Aybek Shamshetov
  28. Omirbek Primbetov
  29. Sharapat Bekimbetov
  30. Ulugʻbek Bekboʻsinov
  31. Ulug‘bek Yangiboyev
  32. Yembergen Jumaboyev
  33. Ajiniyaz Tureniyazov
  34. Aydos Allambergenov
  35. Foziljon Sobirov[sayt ishlamaydi]
  36. Islam Seytnazarov
  37. Jamshid Boranbayev
  38. Jamshid Gulmirzayev
  39. Mirjalol Qurbonov
  40. Quanish Bazarbayev
  41. Ruslanbek Menlimuratov
  42. Temur Masharipov
  43. Albert Sdikov
  44. Azamat Ilyasov
  45. Baurjan Keunimjayev
  46. Erbol Seytnazarov
  47. Erkinbay Jametov
  48. Jasur Tojiboyev
  49. Javlon Primbetov
  50. Miras Karlibayev
  51. Mirjalol Qosimov
  52. Miyirbek Qalmurzayev
  53. Murod Mambetov
  54. Norxon Sheripov
  55. Rasul Musayev
  56. Sunnatillo Mamadaliyev
  57. Zulpuqar Kuanishbayev
  58. Amir Abdirizayev
  59. Arislan Yusupbayev
  60. Aybek Ro'zimov
  61. Azamat Bobojonov
  62. Marlen Tugelbayev
  63. Maxset Kalbayev
  64. Navro‘z Alimov
  65. „«Орол»га янги мураббий келди“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  66. „Ўтмишнинг машҳур футболчиси, қорақалпоғистонлик Қодир Ибрагимов билан суҳбат“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.

Havolalar

tahrir