Ortaköy masjidi
Ortaköy masjidi (turkcha: Ortaköy Camii) yoki Büyük Mecidiye Camii[1] (turkcha: Büyük Mecidiye Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Beşiktaş tumani, Bosfor boʻgʻozidagi eng mashhur joylardan biri boʻlgan Ortaköy iskala maydonining qirgʻogʻida joylashgan masjid. Binoning qurilish ishlari Usmonlilar imperiyasi sultoni Abdulmajid I buyrugʻiga asosan boshlanib, 1854 yoki 1856-yillarda yakunlangan.
Masjid | |
Istanbuldagi Ortaköy masjidi, Bosfor boʻgʻozining Yevropa qirgʻogʻida, orqa fonda Bosfor koʻprigi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Beşiktaş tumani |
Koordinatalar | 41°2′49″N 29°1′37″E / 41.04694°N 29.02694°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi (XIX asr elektik uslubi) |
Meʼmor | Garabet Balyan Nikoğos Balyan |
Binokorlik sanasi | 1854 yoki 1856 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Ortaköy masjidi Vikiomborda |
Istanbulning Bosfor boʻgʻozi va Bosfor koʻprigining oʻziga xos majmualaridan biri boʻlgan ushbu masjid Beşiktaş tumanining ramzi hisoblanadi. Inshoot Bosfor boʻgʻozi va paromlardan juda chiroyli koʻrinadi.
Tarixi
tahrirHozirgi Ortaköy masjidi oʻrnida avval 1720-yilda qurilgan va 1731-yilda Patrona Halil qoʻzgʻoloni paytida vayron boʻlgan kichik masjid boʻlgan[2]. Hozirgi masjidning qurilishi Usmonlilar sultoni Abdulmajid I topshirigʻi bilan amalga oshirilgan va taxminan 1854 yoki 1856-yillarda tugatilgan (aniq qurilish sanalari ilmiy manbalarda turlicha). Bino meʼmorlari arman millatiga mansub ota va oʻgʻillar Garabet Balyan va Nikoğos Balyan boʻlib, ular bir jamoa sifatida ishlagan va 1853–1855-yillarda yaqin atrofdagi Dolmabahçe saroyi va Dolmabahçe masjidini loyihalashtirgan[3][4][5].
Masjidning yagona gumbazi dastlab gʻishtdan qurilgan, biroq gumbazda vaqt oʻtishi bilan yoriqlar paydo boʻlgan va qulaydigan holatga kelib qolgan, shu sababli yangi gumbaz beton yordamida rekonstruksiya qilingan. 1894-yilda hududda zilzila sodir boʻlgan va masjidga zarar yetkazgan. 1984-yilda ham kichik yongʻin sodir boʻlishi natijasida masjid shikastlangan. Shunday qilib, inshootda oʻz davrida bir qator taʼmirlash va tiklash ishlari amalga oshirilgan[6].
Jamgʻarmalar Bosh boshqarmasi tomonidan 2014-yilda deyarli 7 million lira evaziga uch yillik restavratsiya loyihasi amalga oshirilgan. Masjid 2014-yil 6-iyun kuni oʻsha paytdagi mamlakat Bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va boshqa hukumat vakillari ishtirokidagi marosim bilan rasman ochilgan[7][8][9].
Arxitekturasi
tahrirIstanbuldagi boshqa binolarda boʻlgani kabi, meʼmor Balyanlar ham masjidni loyihalashtirishda neoklassik arxitekturaning aralash yoki eklektik uslublardan, shuningdek, Usmonli barokko uslubidan olingan baʼzi yoʻnalishlar va umumiy dizayn elementlaridan foydalanishgan. Biroq ushbu masjid oʻsha davrdagi boshqa masjidlardan toshdan oʻyib ishlangan alohida bezaklari bilan ajralib turgan[10][11][12][13].
Bino U shaklidagi qurilish rejasiga ega sulton uchun ikki qavatli imperator turar-joyi hamda bitta gumbaz bilan qoplangan kvadrat shaklidagi asosiy namozxonadan iborat. Jabhalari oʻyilgan ustunlar tosh relyeflar bilan bezatilgan boʻlib, masjidga oʻziga xos „dinamik koʻrinish“ beradi. Masjidni yoritib turuvchi ikki qator derazalar mavjud[14]. Binoning keyinchalik qayta tiklangan gumbazi betondan qurilgan, ikkita ingichka minoralarni qurishda toshdan foydalanilgan[15]. Minoralarda korinf orderiga oʻxshash balkonlar mavjud[13].
Masjid Oltin shoxning narigi tomonida bunyod etilgan boshqa masjidlarga qaraganda nisbatan kichik. Binoning ichki maydoni oʻlchov jihatdan kamtarona, lekin keng va baland derazalarga ega boʻlib, ular kunduzgi yorugʻlikni taʼminlaydi. Mehrob va minbarni qurishda marmar va porfir kabi qurilish materiallari ishlatilgan[16][13]. Gumbazning ichki qismi trompe-l'œil freskalari bilan bezatilgan boʻlib, ular birinchi marta Usmonli meʼmorchiligida Abdulmajid I tomonidan kiritilgan[13]. Bu yerdagi trompe-l'œil rasmlari neorenessans davri uslubida ishlangan, shuningdek, anʼanaviy islom arxitekturasi va bezak elementlarini oʻzida mujassam etgan pardali, tokchali derazalar, shuningdek, qator mehroblar tasvirini ham oʻz ichiga olgan[13][16]. Masjidning ichki qismida, shuningdek, Abdulmajid I tomonidan chizilgan bir nechta islom xattotligi lavhalari mavjud[17].
-
Imperator xonadonlari (chap) hamda gumbazli namozxonaning (oʻng) tashqi koʻrinishi
-
Fasadi hamda kirish qismi
-
Minoralarning detallari
-
Masjidning ichki koʻrinishi
-
Masjidning ichki koʻrinishi, gumbazga qarab
-
Masjid mehrobi
-
Masjid minbari
Manbalar
tahrir- ↑ Rüstem, Ünver. Ottoman Baroque: The Architectural Refashioning of Eighteenth-Century Istanbul (en). Princeton University Press, 2019 — 270–271-bet. ISBN 978-0-691-18187-5.
- ↑ Türkyılmaz, Çiğdem (Spring 2015). "Interrelated Values of Cultural Landscapes of Human Settlements: Case of Istanbul". Procedia - Social and Behavioral Sciences 222: 502–509. doi:10.1016/j.sbspro.2016.05.141.
- ↑ Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. New York: Thames & Hudson, 1971 — 421–422-bet. ISBN 0500274290.
- ↑ „Balyan [Balian]“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture M. Bloom: . Oxford University Press, 2009 — 259–260-bet. ISBN 9780195309911.
- ↑ Rüstem, Ünver. Ottoman Baroque: The Architectural Refashioning of Eighteenth-Century Istanbul (en). Princeton University Press, 2019 — 270–271-bet. ISBN 978-0-691-18187-5.
- ↑ Alaboz, Murat (July 2014). "STRUCTURAL RESPONSE OF ORTAKOY BUYUK MECIDIYE MOSQUE IN ISTANBUL". International Masonry Society: 13. https://www.researchgate.net/publication/269096366.
- ↑ „BAŞBAKAN ERDOĞAN BÜYÜK MECİDİYE CAMİİ'NDE“ (tr). Milliyet (2014-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Istanbul's historic mosque at Ortakoy reopened“ (tr). Türkiye Newspaper. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Sabah. „PM opens restored Ortaköy Mosque“ (en-US). Daily Sabah (2014-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. New York: Thames & Hudson, 1971 — 421–422-bet. ISBN 0500274290.
- ↑ Ersoy, Ahmet A.. Architecture and the Late Ottoman Historical Imaginary: Reconfiguring the Architectural Past in a Modernizing Empire (en). Routledge, 2017 — 202-bet. ISBN 978-1-351-57601-7.
- ↑ Kuban, Doğan. Ottoman Architecture. Antique Collectors' Club, 2010 — 638-bet. ISBN 9781851496044.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 Wharton 2015.
- ↑ Alan, p.63
- ↑ Cultural heritage and its educational implications: a factor for tolerance, good citizenship and social integration. Germany: Council of Europe Publishing, 1998. ISBN 9287135843.
- ↑ 16,0 16,1 Cultural heritage and its educational implications: a factor for tolerance, good citizenship and social integration. Germany: Council of Europe Publishing, 1998. ISBN 9287135843.
- ↑ Leeann Murphy. Moon Istanbul & the Turkish Coast: Including Cappadocia. Avalon Travel, 23 December 2014. ISBN 9781612386140.
Adabiyotlar
tahrirVikiomborda Ortaköy masjidi haqida turkum mavjud |
- Wharton, Alyson. The Architects of Ottoman Constantinople: The Balyan Family and the History of Ottoman Architecture (en). Bloomsbury Publishing, 2015. ISBN 978-0-85773-813-4.
- Hakan Alan. Turkey. ASBOOK, 2010. ISBN 9789750114779.