Oshiq Ilohiy Bulandshahriy
Muḥammad ‘Āshiq Ilāhī Bulandshahrī Muhājir Madanī hindistonlik mashhur islom ulamosi. Muhammad Zakariyo Qandhlaviyning shogirdi boʻlgan.
Oshiq Ilohiy Bulandshahriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1925 |
Vafoti |
2002 (yoshi 76–77) |
Al-Boqiy | |
Dini | Islom |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiy |
Oqim | Devbandiylik |
Asosiy qiziqish(lar)i | Tafsir, Hadis |
Mashhur ish(lar)i | Anwar-ul-Bayan, Zaadut Talibin |
Alma mater | Mazohir ulum Saharanpur |
Biografiyasi
tahrirOshiq Ilohiy 1924 yoki 1925-yilda (hijriy 1343-yil) Britaniya Hindistonining Bulandshahr shahrida tug‘ilgan[manba kerak]. Hijriy 1363-yilda Mazohir ulumni bitirgan[1]. Oshiq Ilohiy taʼlimni tamomlagach, turli hind madrasalarida dars berdi va hijriy 1384-yilda Muhammad Shofiy Devbandiy iltimosi bilan Pokistonga koʻchib oʻtdi[1]. Dorul ulum Karachida o‘n ikki yil davomida tafsir va hadis ilmidan dars bergan[1]. Hijriy 1396-yilda Madinaga koʻchib oʻtgan va 2002-yilda shu shaharda vafot etgan[1]. Al Boqiy qabristoniga dafn etilgan[manba kerak].
Asarlari
tahrirOshiq Ilohiy quyidagi asarlarni muallifi hisoblanadi:
- Tohfa-e-Khawateen.
- Marne Ke Baad Kya Hōga?
- Islami Adab.
- Huququl Walidayn.
- Anwar Ul Bayan (Muftiy Afzal Xusen Elias tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Qur'onning 5 jildli urducha tafsiri)[2].
- Zadut Talibin (Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan, asar sharhini ham yozgan)[3].
- Al Fawa’idul Saniyya fi Sharhul Arba'een un Nawawiyya.
- At Tashil ud Daruri fi Masa’ilul Quduri.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Shāhid Sahāranpuri (2005), Ulama e Mazahir Uloom aur unki Ilmi wa tasnīfi khidmāt (urdu), 1-jild (2005-nashr), Saharanpur: Maktaba Yādgār-e-Shaykh, 318-bet
- ↑ „Illuminating Discourses on The Noble Quran (5 Vol. Set) Arabic/English by Maulana Ashiq Elahi (Rah)“. idarastore.com. Islamic Book Service. 2019-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
- ↑ „Provisions for the Seekers“. WhiteThreadPress.com. White Thread Press. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.