Otabek Hasanov
Otabek Abdurashidovich Hasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori (DSc). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari[1]. Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi[2]. 2024-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari etib tayinlangan[3].
Otabek Abdurashidovich Xasanov | |
---|---|
Otabek Xasanov (2022-yil) | |
Respublika Ma’naviyat va maʼrifat markazi rahbari | |
Mansab davri 2024-yil 2-fevral – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Minhojiddin Hojimatov |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2020-yil – 2024-yil 2-fevral | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-mart 1985-yil Toshkent viloyati Olmaliq shahri |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Dini | islom |
Ilmiy unvoni | siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrirOtabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
tahrirMaʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrirOtabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan. 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi „Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar“ kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013—2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari[4]
Kitoblari
tahrir2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi „Liderlar kitobi“ nashr etilgan.
Mukofotlari
tahrir2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan.
Ilmiy ishlari va maqolalari
tahrirOtabek Xasanov quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:
Manbalar
tahrir- ↑ „ARGOS rasmiy sayti“. www.argos.uz. Qaraldi: 23-mart 2023-yil.
- ↑ „PF-4472 sonli prezident qarori“. www.lex.uz. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari bo‘ldi.“ (kun.uz). 2024-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
- ↑ „Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi“ (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- ↑ „2020 №1“. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
- ↑ „Yangi O'zbekiston gazetasi“.
- ↑ „Yangi O'zbekiston gazetasi“.