Otar — yaylovda qoʻshib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qoʻy podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari boʻyicha bir xil zotli qoʻylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. Otardagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800—900 ona qoʻy; 4—18 oylik toʻklilar uchun 800—1000 bosh; ona qoʻydan ajratilgan qoʻzilar uchun 600—800 bosh; yarim dagʻal va dagʻal junli ona qoʻylar uchun 900—1000 bosh; axta qoʻchqor va qochiriladigan qoʻylar uchun 1000 va undan ziyod. Choʻl mintaqalarda Otar soni yanada yirikroq boʻlishi ham mumkin. Naslchilik fermalarida Otarlardagi qoʻylar soni mahsulot beradigan O.larga nisbatan 15—20% kichikroq boʻladi. Otarlarni 3—4 kishidan iborat choʻponlar guruhi boqadi. [1]

Etimologiyasi

tahrir

Otar (kirill.отар)- turk (otar), oʻzbek(otar), qaraim, tuva (odar), oltoy (odor, ottor, otlar) (shuningdek qaraim tilining qrim dialekti), qoʻmiq, qozoq, noʻgʻoy, qoraqalpoq tillari [2], shuningdek qirgʻiz, qrim-tatar (utar) tillari [3], boshqird (utar) [4] tillariga mansub bo'lib, yuqorida koʻrsatilgan tillarning aksariyatida ovul, ovuldan uzoqda joylashgan qoʻy podasi boqiladigan maydon yoki yaylov, ogʻilxona, podani yozda saqlash uchun moʻljallangan toʻsiqlar bilan tevarak atrofi oʻralgan maydon va uning chekkasidagi somonxona, qishloq, uzoqda joylashgan kichik maskan va Otar ma'nolarida ishlatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. М., 1974—2003. ТТ. 487-488.
  3. Радлов.В.В. Опыт словаря тюркских наречий. Том 1., СПб., 1893-1911. 1105-1705.
  4. Будагов Л. (сост.) Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. Т.1. СПб., 1869, 109.