Ovul — kiсhik qishloq, asosan chorvachilik bilan shugʻillanadigan koʻchmanchi xalq, qabila yoxud katta bir oila joylashgan alohida joy.[1]

Etimologiyasi

tahrir

Ovul soʻzi turk tili dialektida (avul), qrim-tatar va qaraim tillarida, qoʻmiq tili dialektlarida (awul) [2], qorachoy-bolqor, uygʻur, lobnor [3],qozoq (awil), noʻgʻoy, qoraqalpoq va oʻzbek tillaida (awıl), tatar, boshqird, qirgʻiz (ayil, ajil), oltoy (ail) tillarida keng qoʻllangan. Ushbu soʻz qishloq, 1) odamlar istiqomat qiluvchi kichik joy, bir nechta hatto birgina kibitkadan tashkil topgan va boshqa yirik qishloq, shaharcha va shaharlardan anchayin uzoqda joylashgan turar joy; 2) oʻtovlar, chodir va shu kabi tez qurish inshootlari qurilgan koʻchmanchi xalq egallagan yer; 3) qabila va koʻchmanchi xalq, olomon maʼnolarida ishlatilgan. Arab va turkiy tillar sohiblari koʻchish jarayonida a:ẘmak va a:vår yaʼni yigʻilish, toʻplanish, aylanib yigʻlish, tevarak atrofga aylana boʻlib joylashish, atrofdan quyilib bir joyga kelish maʼnolariga ega feʼllaridan kelib chiqqanligi taxmin qilingan. Undan tashqari turk (ayil, evil) va mongol (ail, ayil) tillarida esa oila, uy, turargoh, koʻcha, oʻz uyi taraf, qoʻshni taraf, qishloq va qoʻylar boqiladigan uycha ham nazarda tutilgan. [4]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2006-2008)
  2. Kerimov I. A. Kitayskiy dialekt kumikskogo yazika. Kand.diss. (rukopis) M. L. 1952
  3. Budagov L. (sost.) Sravnitelniy slovar turesko-tatarskix narechiy. T.1. SPb., 1869, 150.
  4. Sevortyan E. V. Etimologicheskiy slovar tyurkskix yazikov. M., 1974—2003. TT. 65-66.