Otto Hahn tinchlik medali

Tinchlik yo‘lidagi xizmatlari uchun topshiriladi, 1988-yilda Otto Hahn sharafiga nomlangan.
(Otto Hahn Tinchlik medalidan yoʻnaltirildi)

Oltin rangdagi Otto Hahn tinchlik medali nemis yadroviy kimyogari, 1944-yilgi Nobel mukofoti sovrindori va Berlinning faxriy fuqarosi Otto Hahn sharafiga nomlangan. U 1948-yildan 1960-yilgacha Max Planck jamiyatining birinchi prezidenti boʻlib ishlagan[1].

Otto Hahn tinchlik medali
Shior Tinchik uchun
Mamlakat Germaniya
Turi Medal
Taqdirlash asosi Germaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsatsiyasi tomonidan „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yo‘lida ko‘rsatgan ulkan xizmatlari“ uchun shaxslar yoki muassasalarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1988-yil
Birinchi taqdirlash 1988-yil (Sandro Pertini)

Medal jahon miqyosidagi tinchlik va insonparvarlik siyosatidagi, xususan, 1945-yil avgust oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy havo kuchlari tomonidan Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanganidagi insoniy harakatlari uchun Ottoning xotirasiga sharafiga nomlangan. U 1988-yilda Ottoning nabirasi Dietrich Hahn tomonidan tashkil etilgan va Germaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsiatsiyasi (Deutsche Gesellschaft für die Vereinten Nationen, DGVN, Berlin-Brandenburg) tomonidan „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari“ uchun shaxslar yoki muassasalarga topshiriladi. Anʼanaga koʻra, oltin medal teri bilan qoplangan oltin naqshli diplom bilan birga Berlinda ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan tantanali marosimda Berlin hokimi va DGVN prezidenti tomonidan topshiriladi[2].

Avvalgi sovrindorlar

tahrir

Manba[3]:

 
Manfred Nowak
 
Tadatoshi Akiba
 
Hans Küng
 
Muhammad Ali
 
Mary Robinson
 
Sir Karl Popper
 
Simon Wiesenthal
 
Sandro Pertini

• 2018-yil. John Forbes Kerry – Qoʻshma Shtatlarning 68-Davlat kotibi, Boston, „favqulodda diplomatik yutuqlari uchun“[4];

• 2016-yil. Melinda Gates – amerikalik ishbilarmon ayol, filantrop hamda Bill va Melinda Gates jamgʻarmasi asoschilaridan biri, Sietl, „xalqlar oʻrtasida tinchlik va oʻzaro hamjihatlikka qoʻshgan ulkan hissasi, ayniqsa, barcha qitʼalardagi millionlab odamlarning hayotini yaxshilashga zamin yaratadigan hayratlanarli insonparvarlik xayriya tashabbuslari uchun“[5];

• 2014-yil. Manfred Nowak – Avstriya universiteti oʻqituvchisi, xalqaro huquq va inson huquqlari boʻyicha ekspert, Vena, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, har bir shaxsning huquqlarini himoya qilishdagi tinimsiz saʼy-harakatlari hamda shafqatsiz zoʻravonliklarni jasorat bilan oshkor etgani uchun“[6];

• 2012-yil. Tadatoshi Akiba – yapon matematigi, siyosatchisi, Xirosima shahrining sobiq hokimi va Mayors for Peace tashkiloti asoschisi; „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, butun dunyo boʻylab yadroviy qurolsizlanish hamda mamlakatlar oʻrtasidagi keskin munosabatlarni yumshatish va ularni yarashtirish siyosatidagi tinimsiz fidoyiligi uchun“;

• 2010-yil. Daniel Barenboim – argentinalik-isroillik pianinochi, dirijyor va BMTning Tinchlik elchisi, Berlin, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, Yaqin Sharqda muloqotni rivojlantirish hamda Isroil va Falastin oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga boʻlgan ibratli saʼy-harakatlari uchun“[7];

• 2008-yil. Hans Küng – Shveysariya ilohiyotchisi, Global etika jamgʻarmasi (Stiftung Weltethos) asoschisi va prezidenti, Tübingen, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, insoniyat, bagʻrikenglik va buyuk dunyo dinlari oʻrtasidagi muloqot yoʻlidagi namunali faoliyati uchun“[8];

• 2005-yil. Muhammad Ali – amerikalik bokschi, fuqarolik huquqlari himoyachisi va BMT Tinchlik elchisi, Berrien Springs, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, Amerika fuqarolik huquqlari harakati hamda butun dunyodagi qora tanlilarning madaniy va maʼnaviy ozodligiga umrbod sodiqligi uchun“;

• 2003-yil. Mary Robinson – irlandiyalik siyosatchi, Irlandiya Respublikasining sobiq Prezidenti va BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari, Dublin, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, yuksak insonparvarlik gʻoyalari bilan ajralib turadigan siyosiy rahbariyati hamda uning inson huquqlarini butun dunyo boʻylab targʻib qilish va himoya qilish uchun tinimsiz va jasoratli saʼy-harakatlari uchun“;

• 2001-yil. Miriam Makeba – janubiy afrikalik qoʻshiqchi, bastakor va inson huquqlari faoli, Yoxannesburg, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, Janubiy Afrikada oʻnlab yillar davomida irqchilik va aparteidga qarshi kurashda inson huquqlari, inson qadr-qimmati, bagʻrikenglik yoʻlidagi namunali faoliyati uchun“[9];

• 1999-yil. Gerd Ruge – nemis jurnalisti va televideniye hujjatli filmi yaratuvchisi, Myunxen, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, xolis axborot berishni qoʻllab-quvvatlashdagi fidoyiligi hamda Xitoy, Sovet Ittifoqi va Rossiyani yaxshiroq tushunishni targʻib qilishdagi ibratli faoliyati uchun“;

• 1997-yil. Lord Yehudi Menuhin – britaniyalik skripka virtuozi va dirijyori, London, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, hayotida namoyon boʻlgan, musiqaning har qanday sharoitda ham tushunish va tinchlik kuchi ekanligiga boʻlgan qatʼiy va namunaviy ishonchi uchun“;

• 1995-yil. Hans Koschnick – nemis siyosatchisi (SPD) va Mostar, Bosniya-Gersegovina, Bremendagi Yevropa Ittifoqi maʼmuri, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik missiyasi yoʻlidagi shaxsiy mas’uliyat qanday bajarilishi kerakligini namunali tarzda koʻrsatib bergan Bosniya-Gersegovinadagi insonparvarlik saʼy-harakatlari uchun“;

• 1993-yil. Ser Karl R. Popper – britaniyalik faylasuf va fan nazariyotchisi, Kenley, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, demokratik jamiyatlarning insonparvar evolyutsiyasi uchun nazariy asoslarni yaratgan ijtimoiy falsafadagi yutuqlari uchun“;

• 1991-yil. Simon Wiesenthal – avstriyalik yozuvchi va yahudiy hujjatlashtirish markazining asoschisi, Vena, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, haqiqat va adolat, qadr-qimmat va bagʻrikenglik hamda yarashuv yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun“;

• 1989-yil. Mixail Gorbachyov – rossiyalik siyosatchi, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Prezidenti, Moskva, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, buyuk davlatlarning yadroviy qurolsizlanishi va Yevropada tubdan yangi siyosiy tartibni yaratishga qoʻshgan hissasi uchun“;

• 1988-yil. Sandro Pertini – italiyalik siyosatchi, Italiya Respublikasining sobiq prezidenti, Rim, „tinchlik va xalqaro hamjihatlik yoʻlida koʻrsatgan ulkan xizmatlari, ayniqsa, siyosiy axloqi va amaliy insonparvarligi uchun“.

Gʻoliblarning bayonotlari

tahrir

• „Otto Hahn tinchlik medali bilan taqdirlanganimdan katta quvonch va mamnuniyat his qilmoqdaman. Ayniqsa, bu mukofot doimo boshqalarga yordam berishga tayyor boʻlgan, men uchun har doim namuna boʻlib kelgan ushbu buyuk inson, ulugʻ olim va kamtar shaxs nomi bilan bogʻliqligi meni yanada koʻproq quvontiradi“. (Prof. Dr. Simon Wiesenthal, Vena, 1991)

• „Yoshligimdan beri Otto Hahn olim va inson sifatida meni hayratda qoldirib kelgan. Hahnning tinchlik ishlari bilan shugʻullanishining sababi shundaki, u boshqa fuqarolardan koʻra atom qurollari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlib, bu mavzuda gapirishni oʻz burchi deb bilgan. Bu insoniyat uchun juda muhim edi. U hamma narsani aniq tushuntira olardi, bilimidan foydalanishi kerak edi. Shuning uchun ham Otto Hahn oʻlimidan sal oldin atom qurolini nazarda tutib, „dunyoda tinchlik oʻrnatish zarurligi“ haqida yozgan edi“. (Prof. Doktor Ser Karl R. Popper, Kenley, 1993)

• „Urushdan soʻng Otto Hahn biz yoshlarni oʻziga alohida jalb etdi. Uning erkin ilmiy izlanishlarni qoʻllab-quvvatlashdagi fidoyiligi, shuningdek, olimlarni zamonaviy dunyo va kelajakni shakllantirishdagi mas’uliyatlarini anglab yetishga undash borasidagi saʼy-harakatlari bizda hayratlanarli taassurot qoldirdi. Elliginchi yillarda u yadro fanining tajovuzkor maqsadlarda notoʻgʻri ishlatilishiga qarshi keskin va taʼsirchan tarzda chiqish qilganida, biz uni barchamiz uchun ibrat namunasi sifatida koʻrdik. Otto Hahnga boʻlgan hurmatimizning yana bir sababi shundaki, u bizga faqat oʻzimiz va rivojlangan dunyo haqidagina emas, balki butun dunyo haqida oʻylash burchimizni doimo eslatib turardi“. (Doktor Hans Koschnick, Bremen, 1995)

• „Otto Hahn fashistlar davrida ham barchamizga insoniylik namunasini koʻrsatgan fantastik odam edi“. (Prof. Doktor Lord Yehudi Menuhin, London, 1997)

• „Men turmush oʻrtogʻim nomidan oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu mukofot Muhammad uchun juda muhim. U Otto Hahning oʻninchi tinchlik medali sovrindori boʻlishdan juda faxrlanadi. Otto Hahn ham, Muhammad ham halokatli taʼsir koʻrsatadigan kasblarda ishlagan, ammo ikkalasi ham tinchlik uchun tinimsiz mehnat qildilar. Biz Germaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsiatsiyasiga Muhammadning sadoqatini eʼtirof etgani uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. U bundan keyin ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlik elchisi sifatidagi faoliyatiga va Muhammad Ali nomidagi Tinchlik va xalqaro hamjihatlik markazidagi ishiga bor kuch-gʻayratini bagʻishlashda davom etadi“. (Doktor Lonnie Ali, Berrien Springs, 2005)

Manbalar

tahrir
  1. Otto Hahn medali. Max Planck.
  2. „Otto Hahn Medali haqida“. Dunyoni yaxshiroq joyga aylantiring – Deutsche Gesellschaft für die Vereinten Nationen, Berlin-Brandenburg (nemis tilida). 2021-yil 16-oktabrda olindi.
  3. Otto Hahn Tinchlik medali veb-sayti. DGVN, LV Berlin-Brandenburg (Germaniya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsiatsiyasi, Berlin-Brandenburg).
  4. „Müller John Kerryga oltin rangdagi Otto Hahn Tinchlik medali topshirilishi munosabati bilan tabrik soʻzladi“. (Wayback Machine saytida 2022-03-02 sanasida arxivlangan) Berlin.de (nemis tilida). 2018-yil 11-dekabr.
  5. „Melinda Gates Otto Hahn Tinchlik medalini oladi“. Süddeutsche.de (nemis tilida). 2017-yil 24-may.
  6. „Manfred Nowak uchun oltin Otto Hahn Tinchlik medali“. Lyudvig Boltsman Institut für Menschenrechte (nemis tilida). 2014-yil 16-dekabr.
  7. „Dirijyor Barenboim Otto Hahn medalini oladi“. suedostschweiz.ch (nemis tilida). 2011-yil 15-fevral.
  8. „Dinshunos Hans Küng uchun tinchlik medali“. SWI swissinfo.ch (nemis tilida). 2008-yil 16-oktabr.
  9. „Otto Hahn Tinchlik medali bilan taqdirlash“. Der Tagesspiegel (nemis tilida). 2001-yil 3-fevral.

Havolalar

tahrir

Max-Planck-Gesellschaft rasmiy sayti. Otto Hahn medali.