Otto Wallach
BALLAX (Wallach) Otto (1847. 27. 3, Kenigsberg — 1931. 26. 2, Gyottingen) — nemis organik kimyogari. Bonn (1876-yildan), Gyottingen universiteti professori (1889— 1915). Asosiy ishlari alitsiklik birikmalar va terpenlar kimyosiga oid. U terpenlar sinfiga mansub qator birikmalar (limonen, fellandren, terpineol, fenxon, metilgeptanon va boshqalar)ni ajratib olgan va ularning xossalarini oʻrgangan, shuningdek, terpenlarning izoprenlar bilan genetik bog'langanligini koʻrsatib bergan (1891); aldegidlar va ketonlarning birlamchi hamda ikkilamchi aminlar va chumoli kislotalari bilan qaytarilib aminlanish reaksiyasini kashf etgan. Bundan tashqari, Ballax Germaniyada xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan korxona qurish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Bu kimyogar ham Nobel mukofoti laureati (1910).[1][2]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |