Outlook.com
Outlook.com veb-ilova sifatida yaratilgan bepul shaxsiy ma'lumotlar menejeri bo'lib, u veb-pochta, taqvim, "odamlar" ilovasi va Microsoft korporatsiyasiga tegishli boʻlgan "To Do" [1]dan iborat. IMAP, POP3, Exchange standartlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Outlook.com xususiyatlarini sanaganda shuni alohida qayd etish kerakki, u Word, Excel, PowerPoint, OneNote, OneDrive va Skype [2] kabi Office onlayn veb-ilovalari bilan yaqin integratsiyalasha oladi.
Tarixi
tahrirKelajakda Hotmail xizmatini almashtirish maqsadida bu xizmatning ochiq beta-sinovi 2012-yil, 31-iyulda [3] ishga tushirildi (nom Outlook elektron pochta mijoziga mos kelishi uchun tanlangan). 2013-yilning 3-aprelida Hotmail o‘chirib qo‘yildi va Outlook.com korporatsiyaning asosiy elektron pochta xizmatiga aylandi. Yangilanish allaqachon mavjud @hotmail akkauntlariga ta'sir qilmadi, biroq shu bilan birga elektron pochta domenini @outlookga o'zgartirish mumkin bo'ldi. @hotmail domeni bilan elektron pochta manzillarini yaratish imkoniyati shu kungacha saqlanib qolgan[4].
015-yilning may oyida Microsoft Outlook.com elektron pochta xizmatining Microsoft 365ga koʻchirilishini eʼlon qildi, natijada beta-sinovida yangi xususiyatlar, jumladan, yangi taqvim tartibi, elektron pochtani filtrlash xizmati qo`shildi. DeltaSync[en] texnologiyasini qo`llab-quvvatlash to`xtatildi. Shundan so‘ng foydalanuvchilar elektron pochta, kontaktlar va taqvim voqealarini sinxronlashtirish uchun Windows Mail 2012 mijozidan foydalana olmadilar, foydalanuvchilarga Outlook.com dan veb-brauzer, Windows Mail UWP ilovasi yoki Microsoft Outlook mijozi orqali foydalanishlari so‘raldi. [5]. Microsoft 2016-yilning fevral oyidan barcha foydalanuvchilarga yangilanishni bosqichma-bosqich tarqata boshladi.
2017-yil, 8-avgustda Microsoft beta-testda yangi funksiyalarni ishga tushirdi, jumladan, yaxshilangan pochta qutisi, yangi sezgir dizayn va emoji qidirish kani[6]. 2018-yilning 14-martida yangilangan dizayn sinov holatidan chiqarildi[7].
2016-yilda yangi ishga tushirilgan klassik interfeysni qaytarish imkoniyati 2019-yilda o‘chirib qo‘yilgan..
Komponentlar
tahrirPochta
tahrirPochta Outlook.com xizmatining birinchi va asosiy komponenti bo'lib, elektron pochtani almashish imkonini beradi. U spam filtriga ega.
Kalendar
tahrirIlgari "Windows Live Calendar" nomi bilan mashhur boʻlgan va "Windows Calendar" ning davomchisi sifatida ishga tushirilgan Outlook Calendar Service, keyinchalik Windows Live Hotmailning tarkibiy qismiga aylandi. 2013-yilda Calendar "Outlook.com"ning bir qismiga aylandi va Metro UI uslubidagi asosiy dizayn yangilanishini oldi[8].
Outlook kalendar voqealari har qanday qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalarda sinxronlanadi.
Odamlar
tahrirIlgari "Windows Live Contacts" nomi bilan tanilgan "Windows Contacts" internetga asoslangan muqobil sifatida ishga tushirilgan bo`lib Outlook aloqa xizmatidir. Foydalanuvchilardagi o'z kontaktlari ma'lumotlarini boshqarish huquqi ularga odamlar bilan turli ma'lumotlarni almashish imkonini beradi. 2013-yilda bu xizmat hozirgi "Odamlar" nomini oladi.
To Do
tahrirTo Do bu - Vazifalar yaratish va ularni Windows, macOS, IOS va Android qurilmalari o'rtasida sinxronlashtirish imkonini beruvchi bulut veb-ilova . Texnologiya Wunderkinder GmbH kompaniyasining 6-jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Wunderlist 2015-yilning iyun oyida Microsoft tomonidan qabul qilingan va 2017-yilning aprel oyida " Microsoft To Do" nomi bilan qayta ishga tushirilgan.
Va shuningdek...
tahrir- Microsoft Outlook
- Windows Mail
- Windows kalendar
- Windows Live Mail
- Outlook Express
- onlayn ofis
Havolalar
tahrir- ↑ „Microsoft To Do“ (ru). To Do. 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Чат и звонок в Outlook.com и Office в Интернете“. support.microsoft.com. 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Introducing Outlook.com - Modern Email for the Next Billion Mailboxes“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2012-yil 31-iyul). 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Microsoft ликвидирует почтовый сервис Hotmail“ (ru). РБК. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ the Outlook team. „Using Windows Live Mail 2012 with Outlook.com? Time to update your email application!“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2016-yil 5-may). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Microsoft переходит на новый дизайн почты Outlook.com“ (ru). gagadget.com. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ the Outlook team. „New Mail, Calendar, and People experiences coming to Outlook.com“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2018-yil 14-mart). 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ David Dennis. „Take control of your schedule with a modern calendar experience for Outlook.com“ (en-US). Microsoft 365 Blog (2013-yil 2-aprel). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.