Ovul — Namangan viloyatida joylashgan qishloq.

Maʼlumotlarga qaraganda, qishloq aholisi Qoʻqon xonligi davrida Boysun tomonlardan koʻchib kelgan ekan. Ovul deb atalishiga sabab esa, boshqa manzillarga nisbatan chetda joylashganligi boʻlishi mumkin. Shuningdek, atrof qishloqlarda bu qishloqni „Yomon Ovul“ deb ham nomlaydilar. Aholining aytishicha, bir kuni Ovul qishlogʻi koʻchalaridan begona odamlar qoʻshiq aytib oʻtishgan. Buni eshitgan Ovul erkaklari bizning ayollarimizni yoʻldan urgani kelishgan deb oʻylab, ulami qattiq kaltaklashgan va qishloqdan quvib yuborishgan. Shuning uchun qishloqni Yomon Ovul deb ham atashadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 100-bet.