Sirdaryo viloyati hokim vazifasini bajaruvchidan oldin Jizzax viloyatiningYangiobod tumani hokimi lavozimini egallagan edi. 2009-yil sentyabrda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Abdurahim Jalolov oʻrniga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[1]. 2010-yil 15-yanvardan 2016-yil 15-dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan[2][3].
2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi va agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasiga kirdi[4][5].
2018-yil 13-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi va 2019-yil 26-oktyabrgacha ushbu lavozimni egalladi[6][7].
2019-yil 26-oktyabrda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[8].