Oydinniso
Oydinniso (1980-yil 30-aprel, Samarqand, Paxtachi) — oʻzbekistonlik yozuvchi va shoira. Shoiraning bolalar uchun ertaklari, topishmoqlar toʻplamlari chop etilgan. Sheʼrlari ingliz, rus, olmon, turk, tojik, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. 2010-yildan buyon Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharriri.
Oydinniso | |
---|---|
Tavalludi |
30-aprel 1980-yil Samarqand, Paxtachi |
Kasbi | yozuvchi va shoira |
Faoliyati
tahrirOʻquvchilik yillari „Paxtachi“ tuman gazetasida jamoatchi muxbir boʻlgan va tahririyat qoshidagi „Yosh qalamkashlar“ toʻgaragiga qatnashib, bir qator tanlovlarda oliy oʻrinlarni egallagan. Talabalik davrida turkum sheʼrlari va maqolalari bilan omma eʼtiborini tortgan va 1999-yilda respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi sifatida shuhrat qozongan. Oydinniso „Turkiston“ gazetasida 2000-yildan 2005-yilgacha faoliyat yuritgan. Keyinchalik „Xordiq“ gazetasida va „Yangi asr avlodi“ nashriyot-matbaa markazida ishlagan. Ayni paytda Gʻafur Gʻulom nashriyotida ishlamoqda[1].
Ijodi
tahrirShunday boʻladimi odam ham,
Shuncha xoʻrlaydimi yurakni?
Doʻndirarmi shunchalar oson,
Bir umr tilangan tilakni.
Uzr soʻrab ustiga ustak,
Tortadimi dilga tarsaki.
Olqishmidi yoki haqorat —
Ikkisiga oʻxshar qarsagi.
Oydinniso
Shoiraning dastlabki sheʼrlari „Zarafshon“, „Paxtachi“ gazetalari, shuningdek, „Gʻuncha“, „Gulxan“ jurnallarida chop etilgan. Bundan tashqari, Oydinnisoning sheʼrlari „Oʻzbek modern sheʼriyati“, „Istiqlol umidlari“, „Yurtni sevmoq — saodat“ va boshqa bir qator toʻplamlardan oʻrin olgan[2]. Oydinnisoning „Nomsiz“, „Mensizlik“, „Qaytish“, „Qoralama“, „Hovur“ nomli sheʼriy toʻplamlari hamda „Hayot daraxti“ nomli qissasi chop etilgan. Shoira nafaqat sheʼr yozgan, balki yapon adibi Ryunoske Akutagavaning bir qator novellalarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Jumladan, „Batat boʻtqasi“ nomli kitobni nashrga tayyorlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Oydinniso (1980)“ (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Oʻzbek adiblari.. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2016 — 434-bet.