Oynisa Musurmonova

oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor

Oynisa Musurmonova (1952-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (1994), professor (1998).

Oynisa Musurmonova
Tavalludi 1952-yil
Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi pedagogika
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Oynisa Musurmonova 1952-yil Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanida tugʻilgan[1][2]. 1970—1975-yillarda Samarqand davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetida oʻqigan.

Faoliyati

tahrir

Oynisa Musurmonova „Past Darg‘om haqiqati“ gazetasin tahririyati adabiy xodimi (1975), 1975—1980-yillarda Past Darg‘om tumani pioner o‘quvchilar uyi direktori, 1980—1988-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti kichik, so‘ngra katta ilmiy xodimi, Toshkent davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent, doktorant hamda institutga qarashli „Xalq ta’limini boshqarishning ilmiy asoslari“, „Odobnoma“ kafedralari, ayni bir paytning o‘zida „Oila“ ilmiy laborotoriyasi mudiri (1988—1995)[2], 1995—1998-yillarda Vazirlar Mahkamasi xotin-qizlar ishlari bo‘limi mudiri, keyinchalik oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati mudiri, 1998—2000-yillarda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi direktori[3], Oliy Majlisning ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi raisi hamda „Sog‘lom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi (2000—2002), Oliy Majlisning fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari (2002-2005)[4], Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika, psixologiya kafedrasi mudiri (2005—2020), O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi „Mahalla va oila“ ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (2020—2022) vazifasida ishlagan. 2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi „Oila va xotin-qizlar“ ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari[1] va respublika „Oqila ayollar“ harakati yetakchisi[5]. Oliy Majlisning 1—2-chaqiriq deputati boʻlgan. „Ma’rifat“ targ‘ibotchilar jamiyati[6], Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Oynisa Musurmonovaning ilmiy ishlari pedagogika sohasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirish muammosiga oid. 1986-yilda nomzodlik ishini, 1994-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1988-yilda dotsent, 1998-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. Oynisa Musurmonova 10 dan ortiq monografiyalar, 21 ta darslik, 30 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalar, 10 dan ortiq risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[2].

Mukofotlari

tahrir
  • 1-darajalari „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni (1999)[3];
  • „O‘zbekistan belgisi“ ko‘krak nishoni[1];
  • „Ma’naviyat fidoyisi“ ko‘krak nishoni (2021)[7].

Manbalar

tahrir