Ozarbayjon — Moldova munosabatlari

Ozarbayjon — Moldova munosabatlari (ozarbayjoncha: Azərbaycan–Moldova münasibətləri) (rumincha: Relațiile azero-moldovenești) — Ozarbayjon va Moldova oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Ozarbayjon — Moldova munosabatlari

Ozarbayjon

Moldova
Diplomatik vakolatxona
Kishinyov shahri, MIxail Kogelnichanu ko'chasi 64 Md 2009 Boku shahar, Gusen Javida ko'chasi 160 uy 12
Elchixona
Ozarbayjonning Moldovadagi elchisi Gudsi Osmanov Moldovaning Ozarbayjondagi elchisi Nikolay Kojuxar

Moldova Ozarbayjon mustaqilligini 1991-yil 21-dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlarning oʻrnatilishi 1992-yil 29-mayda boʻlgan.

Ozarbayjonning Moldovada elchixonasi 2005-yil 5-oktabrda ochilgan. Moldovaning Ozarbayjondagi elchixonasi 2005-yil 1-noyabrda ochilgan.

Ozarbayjon parlamentida Moldova bilan aloqalar boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Ishchi guruh 1997-yil 7-martda tuzilgan. Guruh rahbari Sobir Hojiyev hisoblanadi[1].

Har ikki davlat GUAM aʼzosi va taʼsischilari hisoblanadi.

Moldovada Tog‘li Qorabog‘ muammosini tinch yo‘l bilan hal etish va muzokaralar olib bordi. 2002-yil 6-oktabrda Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev Armaniston prezidenti Robert Kocharyan bilan, oradan biroz vaqt o‘tib Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev 2009-yil 8-9-oktabr kunlari Kishinyovda Serj Sarkisyan bilan uchrashgan

2019-yilda Kiyevdagi GUAM Kotibiyatida GUAMga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari qoshidagi diplomatik akademiyalar va bo‘limlarning yuqori martabali vakillarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi ADA universiteti hamda Moldova Respublikasi Tashqi ishlar shuningdek Yevropa integratsiyasi vazirligining Diplomatik instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ikki davlat oʻrtasida oʻzaro 59 ta shartnoma imzolangan.

Rasmiy tashriflar

tahrir

2017-yilning 21-23-iyun sanalarida Moldova Respublikasi rahbari Igor Dodon Ozarbayjonda rasmiy davlat tashrif bilan bo‘ldi.

2018-yilning 15-17-mart kunlarida esa Igor Dodon VI Global Baku forumida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga rasmiy davlat tashrifi boʻldi.

2019-yilning 14-16-mart kunlari Igor Dodon VII Global Boku forumida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga rasmiy davlat tashrifi bilan keldi.

2014-yilning 9-sentabr sanasida Moldova tashqi ishlar hamda Yevropa integratsiyasi vaziri Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Sharqiy hamkorlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining norasmiy muloqotida qatnashdi.

2018-yilning 12-15-dekabr sanalarida Moldova tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan QQIH yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrif buyurdi.

Iqtisodiy aloqalar

tahrir
Ozarbayjonning savdo aylanmasi (ming dollar)
yillar Savdo aylanmasi Eksport Import
2016 4462.4 498,8 3963,6
2017 6 893,8 241.5 6 752,3
2018 379,5 30.2 349.3
2019 2 686,82 362.04 2 324,78
2020[2] 7,821,84 3 780,20 4,041,64
2021[3] 6,286,85 1285,96 5 000,89

Ozarbayjon eksporti: plastmassa mahsulotlari, meva sharbatlari, boʻyoqlar kabi vositalar hisoblanadi.

Moldova eksporti: dori-darmonlar, nasoslar, qogʻoz mahsulotlari sanaladi.

Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo oʻzaro komissiya mavjud.

Moldovada 126 ta Ozarbayjon kompaniyasi faoliyat yuritadi. Ozarbayjonda esa 6 ta Moldova kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

 
Moldova pochta markasi, diplomatik munosabatlarning 20 yilligiga bagʻishlangan[4]

Madaniyat sohasida

tahrir

2005-yilda Moldova poytaxti Kishinyovda (Trandafilor koʻchasi) shoir Nizomiy Ganjaviy byusti oʻrnatildi.

2009-yil dekabr oyida Moldovaning Gagauz avtonom viloyatining poytaxti Komratda Haydar Aliyevning byusti oʻrnatildi.

2017-yilda Kishinyovda YuNESKO tomonidan tashkil etilgan xalqaro qoʻshiq, raqs va modellashtirish tanlovi, shuningdek, 18 davlat ishtirokida isteʼdodli yulduzlar festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda Ozarbayjon Respublikasidan Huseyn Imanov ishtirok etdi. U Moldovaning mashhur bastakori Ion Aldea Teodorovichning „Xalq suvereniteti“ qo‘shig‘ini ijro etib, birinchi o‘rinni egalladi.

2015-yilda Ozarbayjon va Moldova pochta bo‘limlari qo‘shma pochta markalarini keng miqdorda muomalaga chiqardi.

2021-yil 8-noyabr kuni Ozarbayjonning Moldovadagi elchixonasi yonidagi bog‘da G‘alaba kuniga bag‘ishlangan barelyef[5] ochildi.

Manbalar

tahrir
  1. „Межпарламентская рабочая группа по отношениям с Молдовой“ (ru). Национальное Собрание АР Официальный сайт. Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.
  2. „Внешняя торговля Азербайджана 2020 Статистический бюллетень“ (az). Государственный Таможенный Комитет АР Официальный сайт.
  3. „Внешняя торговля Азербайджана 2021 Статистический бюллетень“ (az). Государственный Таможенный Комитет АР Официальный сайт.
  4. „20th Anniversary of Diplomatic Relations Between Moldova and Azerbaijan.“. home.nestor.minsk.by. 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
  5. „В Молдове открыли барельеф, посвященный Дню Победы Азербайджана“ (ru). azertag.az. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.

Havolalar

tahrir