Texas ildiz chirishi
Texas ildiz chirishi, ozonioz — oʻsimlik kasalligi, tuproq zamburugʻi Ozonium omnivorum Sheardan paydo boʻladi. Bu kasallik tashqi karantin obʼyekti. Madaniy oʻsimliklarning 2000 ga yaqin turi, jumladan, gʻoʻzada ham uchraydi. Shonalash davrida oʻsimlikning ildiz sistemasi va poyasining tuproqdan 2—3 sm yuqori qismi kasallanadi. Oʻsimlikning soʻlishi uchidan boshlanadi va pastdagi barglarga tez oʻtadi, barglar qorayib, moʻrt boʻlib qoladi, ildizi qizgʻishsariq dogʻlar bilan qoplanadi, poʻstlogʻi yogʻochdan oson koʻchadi, chunki zamburugʻ oʻsimlik toʻqimasi (kambiy)ga va tomirlariga kiradi. Zamburugʻ ildiz sirtida konidiya va sklerotsiy hosil qilib rivojlanadi; issiq nam sharoitda qurib qolgan oʻsimlik tupi atrofidagi tuproq yuzasida mayda oq tolasimon gʻubor koʻrinishida konidiyabandlar rivojlanadi. Ularda tezda Texas tabiati manzarasi. spora konidiyalar hosil boʻladi. Zamburugʻ zararlangan urugʻlik va mitseyliy yoki sklerotsiy kurinishda oʻsimlik ildiziga yopishgan tuproq bilan birga tarqaladi. Sklerotsiylar tuprokda kamida 12 yilgacha yashovchanligini saqlaydi.
Kurash choralari: karantin, chetdan keltirilgan urugʻlikni fitopatologik tekshirish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |