Pak In Bok
Pak In Bok (1922-yil 15-sentyabr, Nam-Proxori qishlogʻi, Iman tumani, Primorskiy viloyati, Uzoq Sharq Respublikasi – 1972-yil 7-avgust[1]) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Mikoyan nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2][3].
Pak In Bok | |
---|---|
Tavalludi |
15-sentyabr 1922-yil Nam-Proxori qishlogʻi, Iman tumani, Primorskiy viloyati, Uzoq Sharq Respublikasi |
Vafoti |
7-avgust 1972-yil (49 yoshda) Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirPak In Bok 1922-yilda Primorsk viloyati, Imon tumani, Nam-Proxori qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Pak In Bok 1938-yilda Budyonniy kolxozidagi kichik maktabning 6-sinfini tamomlagan. 1939-yildan Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Shimoliy mayoq“ kolxozida oddiy kolxozchi, keyin Yuqori Chirchiq tumanidagi „Politotdel“ kolxozida oddiy kolxozchi (1945—1947), 1950-yildan Quyi Chirchiq tumani Mikoyan kolxozining dala mudiri boʻlgan. Pak In Bok 1950-yilda oʻz kolxozida yuqori hosil olishdagi mehnati uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
1950-yilda Park In Bok jamoasi 4,3 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 100,4 sentnerdan yashil kanop poyasi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.
Keyingi yillarda Quyi Chirchiq tumani Stalin nomidagi kolxozning rais yordamchisi (1951—1953), Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozning oddiy kolxozchisi (1953—1961) sifatida mehnat faoliyatini olib bordi. Oʻrta Chirchiq tumani „Kommunizm“ kolxozi (1964—1965), Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida agronom boʻlgan (1960-yillarning oxirlarida).
1972-yil avgust oyida vafot etdi. Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, Toʻytepa qishlogʻi qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
- З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
- Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
- Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
- Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
- Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Пак Ин-Бок“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.
- ↑ Герман Ким (ВЭКС) Герой Социалистического труда Пак Ин Бок YouTubeda
- ↑ „Список Героев Социалистического Труда (Паап — Пащенко)“. www.znanierussia.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2023-yil.