Palladiy(Pd)
Atom raqami 46
Koʻrinishi Oq-kumush rangli, yumshoq,
bolgʻalanuvchan metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
106.42 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 137 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
803.5(8.33) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 128 pm
Ion radiusi (+4e) 65 (+2e) 80 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2.20
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 0, +1, +2 (deyarli doim), +3, +4 (tez-tez), +5, +6 (gohida)
Termodinamik xossalari
Zichlik 12.02 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.244 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 71.8 Vt/(m·K)
Erish harorati 1554 K
Erish issiqligi 17.24 kJ/mol
Qaynash harorati 2940 K
Qaynash issiqligi 372.4 kJ/mol
Molyar hajm 8.9 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
markazlashgan
Panjara davri 3.890 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 275.00 K
46
Palladiy
Pd
106,42
4d10

Palladiy (lotincha: Palladium), Pd — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guru-higa mansub kimyoviy element. Tartib rakami 46, atom massasi 106,42. Tabiiy Palladiy 6 ta barkaror izotop: IO2Pd (1%), l04Pd(ll,4%), 105Pd(22,33%),l06Pd(27,33%), 108Pd(26,46%) va 110Pd (11,72%) dan ibo-rat. Eng uzok vaqt mavjud boʻluvchi sunʼiy radiaktiv izotopi IO7Pd (T]/2=7-106 yil). Palladiyning koʻpgina izotoplari nisba-tan ozroq miqdorda uran va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida hosil boʻladi.

Palladiyni 1803-yil ingliz olimi Vollaston tozalanmagan platinadan ajratib olgan va uni 1802-yilda kashf qilingan Pallada planetasi nomi bilan atagan. Palladiy Yer poʻstining massa jihatidan 1 10 b% ini tashkil etadi. Tabiatda tugʻma yoki boshqa noyob metallar va kimyoviy birikmalar bilan qotishmalar holida uchraydi.

Palladiy platina guruxchasidagi metallarning eng yumshogʻi, eng yengili va eng bolgalanuvchanidir. Palladiy kumush kabi yaltiroq, tashqi koʻrinishi platinani eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 1554°; qaynasht-rasi 2940°, zichligi 12,02 g/sm³. Palladiy platina guruhchasidagi boshqa metallarga karaganda kimyoviy jihatdan faol. Zar suvida, nitrat kislotada, konsentrlangan kaynoq sulfat kislotada eriydi. 700° gacha qizdirilganda sirti oksidlanadi, uy temperaturasida nam xlor va brom bilan, kizdirilganda quruq ftor, xlor hamda oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi. Palladiy juda koʻp miqdorda vodorod yutish xususiyatiga ega (1 hajm Palladiy 800 hajmga yaqin vodorod yutadi). Palladiy molekulyar vodorodni yutib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida uni foal atom holida ajratib chiqaradi. Shu sababli Palladiydan vodorod atomi ishlatiladigan kimyo sanoatlarida keng foydalaniladi.

Palladiy birikmalarda, odatda, 2 va 4 valentli, baʼzi hollarda 3 valentli. 2 valentli birikmalari barqarorroq. Palladiyning PdO, Pd2O3, Pd°2 tarkibli ok-sidlari maʼlum. Galogenlar bilan palladiy (II) - ftorid PdF2, palladiy (III) - ftorid PdF3, palladiy (II) -xlorid PdCl2, palladiy (II) - yodid Pdl2 hosil qiladi. Oltingururtli bi-rikmalaridan palladiy (II) - sulfid PdS, palladiy (IV) - sulfid PdS^ap mavjud. Palladiy tuzlarining koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi va eritmalarida kuchli gidrolizlanadi.

Palladiy sulfidli misnikel rudalaridan platina bilan birgalikda, shuningdek, oltin sochilmalari va rudalaridan olinadi. Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya korxonalarida Palladiyni mis va qimmatbaho metallar olish texnologiyasi qoldiqlaridan ajratib olinadi. Palladiy va uning qotishmalari elektrotexnikada, kimyo sanoatida gidrogenizatsiya va degidrogenizatsiya katali-zatori sifatida, oltin, platina, rodiy bilan qotishmalari termoregulyator va termoparalar tayyorlashda, oltin, kumush, nikel va boshqa elementlar bilan qotishmasi zargarlikda va stomatologiyada ishlatiladi.

Adabiyot

tahrir
  • Metallurgiya blagorodnix metallov, Palladiy, 1987.

Omonulla Xoʻjayev.[1]

Palladiy - unsurlar davriy jadvalining 46 unsuri, metall.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil