Parfenon (— bokira qiz) — Akropol (Afina)dagi maʼbuda Afina ibodatxonasi, yunon meʼmorligi sanʼatining ulkan yodgorligi. Miloddan avvalgi 447—438 yillarda Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan. Ibodatxonada katta sellalar (di-niy haykallar uchun xonalar) va kichik xonalar (xuddi ibodatxona kabi "Parfenon" deb nomlangan) boʻlib, ularda xazinalar saqlash moʻljallangan. Bu xonalar (tarhi 30,89x96,54 m) doriy kolonnadalari bilan oʻralgan. Hashamatli oq marmarli inshoot Fidiy va yunon haykaltaroshlari ishlagan haykaltaroshlik bezaklari bilan toʻldirilgan. Bino tarzi hoshiyasi metoplarida kentavr, bahaybat odam, amazonkalarning oʻzaro kurash sahnalari, frontonlari haykaltaroshlik mujassomoti bilan bezatilgan. P. meʼmorligida yunon sanʼatining buyukligi uning gullagan davridagi garmoniyasi, goʻzalligi, hayotiyligi aks ettirilgan. 1687-yilda turklar bilan boʻlgan urushda venetsiyaliklar tomonidan vayron qilingan. 1801—03 yillar P. haykallari Angliyaga olib ketilib, 1816-yil Britaniya muzeyiga qoʻyilgan.[1]

Parfenon

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Parfenon ibodatxonasi hozirgi kunga qadar zo'rg'a saqlanib qolgan.