Parkent kanali — Toshkent viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Kanal viloyatning Boʻstonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlari togʻ oldi yonbagʻiri hududidan oʻtgan. Chirchiq daryosida qurilgan Chirchiq GES kaskadi (Gʻazalkent gidrouzeli) inshootidan suv….. oladi. Kanal n ing 1-navbati (69 km) 1975-1983-yillarda, 2-navbati (14,3 km) 1988—1997-yillarda qurilgan. Uning loyiha uz. 96 km, foydalanishga topshirilgan qis-mi 83,3 km. Kanalning bosh qismi kengligi 6-7 m, chuq. 3,6—3,8 m, quyi qismida esa tegishlicha 2—2,5 va 2,1 — 2,4 m. Bosh qismida eng koʻp suv sarfi 51-57 m³/s, quyi qismida 7-10,4 m³/s. Kanal trassasi murakkab relyef va geologik sharoitlarda (tuproqli, qoya va yarim qoya, yirik tosh jinslari) barpo etilgan. Oʻzanning 38,7 km ga beton toʻshama yotqizilgan. Ayrim joylarda tuproq 30-40 m gacha chuqurlikda qazilgan yoki 20 m gacha balandlikda koʻtarmalar barpo kilingan. Kanalda 12 ta dyuker, 8 ta akveduk, 1 ta suv toʻsish inshooti, 1 ta temir yoʻl koʻprigi, 86 ta suv chiqargich, 7 ta gidropost, 8 ta toshqin tashlamasi, 8 ta sel tashlamasi, 9 ta seleduk, 46 ta kanal osti quvuri, 21 ta avtomobil koʻprigi va boshqa inshootlar kurilgan. Yirik dyukerlar jumlasiga Oqsoqotasoy (uz. 204,7 m, suv oʻtkazish imkoniyati 57m³/s), Ulkanotchisoy (54 m³/s), Yuzuriksoy, Yoyilmasoy, Parkentsoy, Otchopkansoy, Samsaraksoy va boshqa kiradi.

Parkent kanali va Gʻazalkent gidrouzeli (keyinda)
Parkent kanali Parkent shahri yaqinda (sentabrda)

Kanal Chirchiq daryosining chap vodiysidagi 30,3 ming ga sabzavot, gʻalla ekinlari, tokzor va bogʻlarni sugʻorishga xizmat qiladi.

Ziyomiddin Artukmetov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil